Bojxonachilar ikki mingta «qalbaki Apple AirPods»ni qo‘lga olib, o‘zlari sharmanda bo‘lishdi!

  •   DiMaX
  •  3983
  •  14.09.2020 15:51

Bojxonachilar ikki mingta «qalbaki Apple AirPods»ni qo‘lga olib, o‘zlari sharmanda bo‘lishdi!

AQSh Bojxona va chegara xizmati Nyu-York shahrining Jon Kennedi nomidagi xalqaro aeroportida katta partiyadagi kontrafakt tovarni ushlaganini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Gonkongdan kelib Nevada shtatiga uchayotgan samolyotda 2000 juft «qalbaki Apple AirPods» bor ekan.

O‘QING: Internet orqali AirPods buyurtma qilgan qizga o‘z boshi kattaligidagi quloqchin yetib keldi!

Bojxona xizmati bu haqda maqtanib yozganidan so‘ng masalaning mohiyati oydinlashdi va bu muassasa kulgiga qoldi. Gap shundaki, bular soxta AirPods emas, balki original OnePlus Buds quloqchini edi! Xitoylik kompaniya iyul oyida, o‘zining OnePlus Nord smartfoni bilan birga taqdim etgan ushbu aksessuar Apple quloqchiniga o‘xshab ketsa-da, uning nusxasi emasligi aniq.

OnePlus press-reliziga ko‘ra, agar bu xuddi shu miqdordagi original Apple AirPods bo‘lganida, umumiy qiymati 398 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan bo‘lardi. Aslida esa OnePlus Buds quloqchini AQShda 79 dollardan sotiladi va 2000 juftlik ushbu partiya qiymati 158 ming dollarga teng.

Darvoqe, Twitter’da chiqish qilishdan tashqari, OnePlus allaqachon tovarni qaytarishlarini so‘rab AQSh Bojxona va chegara xizmatiga murojaat etgan. Zero, ishlab chiqaruvchida mazkur mahsulotni Amerikada sotish uchun barcha litsenziya va sertifikatlar bor.

O‘QING: Aslidan farqlab bo‘lmaydigan AirPods Pro klonini atigi 16 dollarga oling!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!