Bo‘lajak bestseller – Samsung’ning arzon «uchko‘z» smartfoni startga tayyor!

  •   DiMaX
  •  1647
  •  30.01.2020 09:33

Bo‘lajak bestseller – Samsung’ning arzon «uchko‘z» smartfoni startga tayyor!

Samsung kompaniyasining yangi avlod arzon smartfonlar turkumi navbatdagi vakili – Galaxy M21 haqidagi ilk xabarlar o‘tgan yilning yozida tarqalgan edi. O‘tgan hafta Geekbench servisida samaradorligi sinab ko‘rilganida, uning ayrim texnik jihatlari fosh bo‘lgan.

O‘QING: Galaxy A31 va Galaxy A41 ham baquvvat batareya, kuchli kameraga ega bo‘lyapti

 Samsung Galaxy M21 smartfoni endi Wi-Fi Alliance tashkilotida ham SM-M215F/DS model raqami ostida ro‘yxatga olindi. Mazkur tashkilot IEEE 802.11 standarti asosidagi simsiz tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlovchi hamda 2,4 yoki 5 GGs diapazonlarida ishlovchi qurilmalarni sertifikatlash bilan shug‘ullanadi.

Wi-Fi Alliance ma’lumotlar bazasida tasdiqlanishicha, Galaxy M21 qadoqdanoq Android 10 operatsion tizimiga ega. Geekbench avvalroq uning Exynos 9611 protsessori va 4 GBlik tezkor xotira bilan ishlashini fosh etgan edi.

Ushbu smartfon 64 yoki 128 gigabaytlik ichki xotiraga, shuningdek, to‘rtburchak blokka joylangan uch modulli kameraga ega bo‘lishi kutilayotir. Ha, o‘tgan yili trendga aylangan uchtalik bosh kamera bu yil endi arzon modellarda ham joriy etilyapti. O‘tgan yilgi «ajdod»i – Galaxy M20 singari, Galaxy M21 ham bestseller bo‘lishini tahlilchilar prognoz qilishmoqda.

O‘QING: Samsung fevralda yana ikkita arzon, ammo «bag‘rikeng» smartfon taqdim etadi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!