Bu hamyonbop smartfon DxOMark testida Samsung’ni sharmanda qildi!

  •   DiMaX
  •  2380
  •  11.04.2020 17:47

Bu hamyonbop smartfon DxOMark testida Samsung’ni sharmanda qildi!

AnTuTu benchmarkining mart oyi bo‘yicha eng zo‘r o‘rta narxli smartfonlar reytingiga Samsung korporatsiyasining ikkita vakili kirgan. Uning hamyonbop Galaxy A71 smartfoni 4-o‘rindan, Galaxy A80 modeli esa 7-pog‘onalardan joy olgan.

O‘QING: TeraTaqqos: Eng arzon smartfonni qayerdan olish mumkin?

DxOMark laboratoriyasi o‘tgan yilning dekabrida taqdim etilgan Samsung Galaxy A71 kamerasini sinovdan o‘tkazib ko‘rdi. Aytish kerakki, uning bosh kamerasi to‘rt modulli: 64 MPlik (f/1.8) asosiy datchik, 12 MPlik keng burchakli kamera, 5 MPlik makroob’yektiv va 5 MPlik chuqurlik sensori. Lekin shunchalik kuchli kamerasi bilan ham bu smartfon 84 ball oldi: foto uchun 89 va video uchun 74 ball.

Agar qiziqsangiz, Samsung Galaxy A71 kamerasini ekspertlar qanday tekshirib ko‘rishgani haidagi batafsil ma’lumotni mana bu havola orqali DxOMark saytida (ingliz tilida) ko‘rib chiqishingiz mumkin.

O‘QING: Samsung'chilarga ikkita xabar bor: biri yaxshi, biri yomon. Qaysi biridan boshlaylik?

Shu tariqa, DxOMark umumiy reytingida Galaxy A71 modeli zo‘rg‘a 66-o‘rinni egalladi. Aytish kerakki, undan ancha arzon bo‘lgan Redmi Note 8 Pro, Nokia 7.2 va hattoki Samsung’ning undan past narxli Galaxy A50 smartfonlari ham kamera sifatiga ko‘ra reytingda shu darajada joylashgan.

Darvoqe, Samsung kuni kecha ushbu Galaxy A71 va yana Galaxy A51 smartfonlarining 5G-versiyalari – Galaxy A71 5G hamda Galaxy A51 5G modellarini ham namoyish etgan.

O‘QING: DxOMark: Bu hamyonbop smartfon kamera bobida Nokia 9 PureView flagmaniga teng!