Buxoroda internet orqali sodir etilgan o‘g‘irlik fosh qilindi

  •   DiMaX
  •  473
  •  25.01.2021 14:39

Buxoroda internet orqali sodir etilgan o‘g‘irlik fosh qilindi

Yaqin vaqtlar oralig‘ida internet tarmog‘i orqali fuqarolarning aldanib qolish holatlari, xususan, Telegram va boshqa internet tarmoqlari foydalanuvchilari tomonidan fuqarolarning shaxsiy plastik kartasi maxfiy kodlariga ega bo‘lib, ularning pullarini «o‘marayotganliklari» haqida ogohlikka chorlagan edik. Biroq, ayrim fuqarolarimiz bilib-bilmay bundaylarning «qurboni»ga aylanishlari hali-hanuz kuzatilmoqda, deyiladi Ichki ishlar vazirligi xabarida.

O‘QING: O‘n beshta messenjerni birlashtiruvchi ilova chiqdi: Telegram, Twitter, Skype – barchasi bittada!

Jumladan 2020 yilning 31 oktyabr kuni noma’lum shaxs internetning Telegram platformasidagi «Omad shou» guruhiga a’zo bo‘lib kirgan Buxoro shahar D.Ibodova ko‘chasida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan M.H. ismli ayolga o‘zini guruh admini sifatida tanishtirib, ushbu guruhga odam qo‘shgani uchun uning nomiga pul yutug‘i chiqqanligini, bank plastik kartasi raqamini beradigan bo‘lsa, 500.000 so‘m yutuq pullarini tashlab berishini aytib, jabrlanuvchi M.H.ning nomida bo‘lgan «TIF Milliy banki» tomonidan ochilgan plastik kartasining maxfiy pin-kodini aldov yo‘li bilan olib, so‘ngra bank plastik kartasiga internet tizimi orqali ruxsatsiz kirish yo‘li bilan, kartada mavjud 5.000.000 (besh million) so‘m pullarini yashirin ravishda o‘zining hisobiga o‘tkazib olib, o‘g‘irlik jinoyatini sodir qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv davomida ushbu jinoyatni Andijon viloyati Izboskan tumani «Chuvala» mahallasida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan X.Q. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlangan.

Bugungi kunda X.Q.ga nisbatan shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 2-son Ichki ishlar bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-modda 3-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘QING: «Sardobada jabr ko‘rganlarga» deb Telegram orqali pul yig‘ib, Suriyaga jo‘natgan «jihodchilar» qo‘lga olindi

Shu o‘rinda fuqarolarimizdan ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilinayotgan yutuqli o‘yinlar, turli xildagi aksiyalar, elektron savdolar va shunga o‘xshash bir qator firibgarlik va o‘g‘rilik holatlariga duchor bo‘lmasliklari uchun o‘zlarining sir saqlanishi lozim bo‘lgan plastik kartalari raqamlarini oshkor qilmasliklari, birovga rasmga tushirib bermasliklari yoki og‘zaki tarzda ma’lum qilmasliklarini so‘rab qolar edik.

Hurmatli fuqarolar! O‘zingiz yoki yaqinlaringizga tegishli plastik karta raqamlarini (20 talik va 5 talik yashirin kodlarni) aslo notanish shaxslarga ayta ko‘rmang! Aks holda pullaringizdan ajralib qolasiz, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldin ham IIV va UZCARD shu kabi firibgarlardan ogohlantirgan, shuningdek, Payme ham bunday holatlardan hushyorlikka chaqirgan edi.

O‘QING: Jiddiy jinoyat: Plastik kartangizdagi pulni bankdagilar ham o‘g‘irlashi mumkin!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!