Counter-Strike: Global Offensive, DOTA 2, FIFA 20 va PUBG Mobile bo‘yicha «Adrenaline Cyber Cup» onlayn musobaqasiga marhamat!

  •   DiMaX
  •  2384
  •  15.07.2020 15:12

Counter-Strike: Global Offensive, DOTA 2, FIFA 20 va PUBG Mobile bo‘yicha «Adrenaline Cyber Cup» onlayn musobaqasiga marhamat!

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida hamda Adrenaline Rush bilan hamkorlikda IT-Park yangi – «Adrenaline Cyber Cup» turnirini tashkil qilmoqda. Bu haqda musobaqaning axborot hamkori – Ucell o‘z rasmiy saytida xabar bermoqda.

O‘QING: «O‘zbektelekom» barcha operatorlar abonentlarini ogohlantirmoqda

«Adrenaline Cyber Cup» turniri 21 iyulda boshlanadi; geymerlar unda Counter-Strike: Global Offensive, DOTA 2, FIFA 20 hamda PUBG Mobile bo‘yicha bellashadilar.

Karantin paytida onlayn turnirda qatnashish va munosib sovrinlarni yutib olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Yutuqlar shunchalik munosibki, turnirning umumiy sovrin fondi 129 000 000 so‘mni tashkil qiladi!

«Adrenaline Cyber Cup» uchun ro‘yxatga olish jarayoni allaqachon boshlangan bo‘lib, 2020 yil 19 iyulga qadar davom etadi va shu kuni roppa-rosa soat 23:59 da tugaydi.

Turnirning boshlanish sanasi: 2020 yil, 21 iyul.

Turnirning tugash sanasi: 2020 yil, 31 iyul.

Turnir haqidagi batafsil ma’lumot bilan tanishish uchun https://clck.ru/PZCPN havolasi bo‘yicha o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Tetris o‘ynab, har kuni 5 ming dollar yutib olish mumkin! (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!