Dunyodagi eng zo‘r Android-smartfonlar o‘ntaligi (AnTuTu reytingi, 2019 yil aprel)

  •   DiMaX
  •  8408
  •  04.04.2019 18:02

Dunyodagi eng zo‘r Android-smartfonlar o‘ntaligi (AnTuTu reytingi, 2019 yil aprel)

Kuni kecha biz «yashil robotchali» smartfonlarining samaradorligi bo‘yicha AnTuTu servisining yangi reytingini e’lon qilgan edik. Unda Xitoydagi foydalanuvchilarning testlari natijalariga ko‘ra kuchli o‘nlik aks etgan.

O‘QING: Eng qudratli smartfonlar (2019 yil aprel): Xiaomi’ning yap-yangi flagmani AnTuTu reytingida Mi 9’dan ham ustun keldi!

Endi esa mazkur benchmark butun dunyodagi foydalanuvchilarning 2019 yil mart oyidagi tekshiruvlari bo‘yicha Android-smartfonlarning reytingini e’lon qildi. Unda Xiaomi Mi 9 (sotib olish) flagmani dunyodagi eng kuchli smartfonlardan, deya da’vo qilinayotgan Samsung Galaxy S10 (xarid qilish) modelidan ham oshib, birinchi o‘rinni egallagan! Kuchli uchlikka yana o‘yinbop Vivo IQOO Monster smartfoni ham kirgan. Aytish kerakki, bu uchta modelning ham «elektron yuragi» Snapdragon 855 chipidir.

Keyingi uchta pog‘onani esa Samsung’ning Exynos 9820 protsessorli uchta yangi smartfoni – Galaxy S10+ (sotib olish), Galaxy S10 hamda Galaxy S10e band etgan. Ularning ortidan Huawei kompaniyasining Kirin 980 chipi bazasida ishlovchi Honor V20, Mate 20X hamda so‘nggi kamerofoni – Huawei P30 Pro kelmoqda. Eng qizig‘i – xitoylik texnogigantning eng zo‘r flagmani uning avvalgi modellaridan ham pastda – to‘qqizinchi o‘rinda joylashgan bo‘lib, hatto Snapdragon 845 chipli Xiaomi Mi Mix 3 (xarid qilish) ham samaradorlikda unga yetay-yetay deb qolgan!

O‘QING: AnTuTu reytingi (2019 yil aprel): g‘olib – bulturgi iPad Pro, eng zo‘r iPhone esa – atigi beshinchi o‘rinda!