DxOMark yakka kamerali smartfonlarning yangi «qirol»ini aniqladi

  •   DiMaX
  •  1259
  •  07.12.2018 10:06

DxOMark yakka kamerali smartfonlarning yangi «qirol»ini aniqladi

Kameralar sifatini xolis baholovchi professional DxOMark servisi smartfonlarning ham foto va video olish imkoniyatlarini tekshirishidan xabaringiz bor. Ushbu kompaniya mutaxassislari yakka modulli kameraga ega smartfonlar orasida eng kuchlisini aniqlashdi.

O‘QING:  iPhone XS Max kamerasiga DxOMark baho berdi: «Yaxshi, lekin eng zo‘ri baribir boshqa!»

Mazkur servis ekspertlarining fikricha, bunday telefonlar orasida kamerasi eng zo‘ri iPhone XR ekan. Joriy yilning sentyabrida taqdim etilgan ushbu qurilma o‘zining «aka»lari – iPhone Xs va Xs Max kabi qo‘sh kamerali bo‘lmasa-da, Apple uning kamerasini ham kuchli tayyorlagan.

DxOMark mutaxassislarining ta’kidlashlaricha, iPhone XR kamerasi sanoqligina kamchiliklarga ega. Bular: boke effektining judayam tabiiy emasligi, portret rejimida olingan suratlarda sal xiralik va zum bilan rasmga olishda sifatning pasayishi.

O‘QING: «Hamyonbop» iPhone Xr ham namoyish etildi – Face ID yuz skaneriga ega eng arzon ayfon!

Kuzda taqdim etilgan ayfonlarning eng arzoni bo‘lgan iPhone XR kamerasida olingan suratlarni yuqori sifatda tomosha qilish uchun mana bu havola orqali DxOMark saytidagi maxsus sahifaga o‘tishingiz mumkin.

Xullasi kalom, iPhone XR ushbu servis testlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, fotosurat olish bo‘yicha 103 ball, videolar olish bo‘yicha esa 96 ballni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, uning o‘rtacha bahosi 101 ballga teng bo‘lib, bu hatto Samsung va Xiaomi flagmanlaridan ham yuqoridir! Ushbu smartfonsozlarning Galaxy S9 Plus hamda Mi 8 modellari kameralarini DxOMark servisi 99 balldan baholagan.

Shu tariqa, hozirgacha yakka datchikli kameraga ega smartfonlar «qirol»i bo‘lgan Google Pixel 2 modelini iPhone XR «taxtdan ag‘dardi». Eslatib o‘tamiz, joriy yilda taqdim etilgan boshqa ayfonlar qatori, iPhone XR ham Terashop.uz internet-do‘konimizda savdoga qo‘yilgan. Jumladan, uning 128 gigabaytlik doimiy xotiraga ega variantini 10 282 000 so‘mga sotib olish, ichki xotirasi 256 gigabaytligini esa 11 128 000 so‘mga xarid qilish mumkin.

O‘QING: Terashop.uz’da Dual-SIM va oddiy iPhone’lar narxlari (2018 yil 17 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!