Ekrani «tirqish»li Huawei Nova 4’ning barcha jihatlari taqdimotdan avval «jonli» suratda fosh etildi

  •   DiMaX
  •  920
  •  13.12.2018 08:31

Ekrani «tirqish»li Huawei Nova 4’ning barcha jihatlari taqdimotdan avval «jonli» suratda fosh etildi

Xitoylik texnogigant «teshik» displeyli smartfon namoyish etishda «bir qadam oldinda» ekanini aytganida, barcha Nova 4 modelini tushungandi. Mazkur gadjet taqdimoti 17 dekabrga belgilangach, Samsung o‘zining Galaxy A8s devaysini undan avval – 10 dekabrda taqdim etdi. Biroq ayni shu kuni, Huawei o‘zining boshqa brendi ostidagi «teshik» ekranli qurilmasini baribir birinchi bo‘lib ommaga ko‘rsatib ulgurdi.

O‘QING: Honor View 20 namoyish etildi: 48 MPlik kamera va «teshik» ekranli ilk smartfon!

Endi esa Huawei brendiga mansub Nova 4 modeli taqdimoti kutilayotir – u mazkur kompaniyaning 48 MPlik kameraga va «tirqish»li ekranga ega ikkinchi smartfoni bo‘lishi kerak.

Biroq Nova 4 u qadar kuchli texnik ta’minotga ega emasligi kecha ma’lum bo‘ldi. Weibo ijtimoiy tarmog‘ida ushbu smartfonning barcha xususiyatlari ko‘rsatilgan rasm e’lon qilindi. Aftidan, u kompaniyaning biror yopiq tadbirida katta ekrandan «jonli» tarzda suratga olingan.

Bu yerda e’tibor qaratish kerak bo‘lgan eng asosiy jihat – eng ilg‘or Kirin 980 protsessori emas, balki Kirin 970 chipi qo‘llanayotganidir. Umuman olganda, bularning ikkalasi ham smartfonlarning yetarlicha samaradorligini ta’minlay oladi, ammo Nova 4 modelini endi baribir flagman deb bo‘lmaydi.

O‘QING: Hali taqdim etilmagan hamyonbop Huawei P Smart (2019) kamerofonini har tomonlama tomosha qilamiz!

Ikkinchi jihat aynan kameraga tegishli: 48 megapiksellik datchik Nova 4’ning faqatgina eng ilg‘or konfiguratsiyali variantida qo‘llanayotgani ma’lum bo‘ldi. Boshqa modifikatsiyalarining bosh kamerasida esa 20 megapiksellik asosiy sensor ishlatiladi. Qolgan ikkita ob’yektiv esa barcha modifikatsiyalarida bir xil – 16 va 2 megapiksellik. Shuningdek, selfi-kamera ham Nova 4’ning hamma variantlarida bir xil – 25 megapiksellik sensorga ega.

Yuqoridagi rasmda ko‘rib turganimizdek, ushbu qurilmaning «teshik» displeyi diagonaliga 6,4 dyuymlik bo‘lib, 2310x1080 piksellik tasvir aniqligiga ega. smartfonning 3750 mA/soatlik akkumulyatori esa 18 vattlik tok bilan tezkor quvvatlana oladi.

Eslatib o‘tamiz, Nova 4’ning rasmiy taqdimoti 17 dekabrda bo‘lib o‘tadi, uning qachon bozorga chiqishi va O‘zbekistonga yetib kelishi hozircha noma’lum. Huawei’ning aksariyat smartfonlarini esa 890 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: Terashop.uz’da Huawei smartfonlari narxlari (2018 yil 24 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!