Ekranosti selfi-kamerali ilk smartfon: narxi va ayrim jihatlari ma’lum!

  •   DiMaX
  •  1679
  •  12.11.2019 09:53

Ekranosti selfi-kamerali ilk smartfon: narxi va ayrim jihatlari ma’lum!

Xiaomi yaqinda Mi Mix Alpha konseptual smartfonini taqdim etgan va endi ushbu turkumning navbatdagi vakili – Mi Mix 4 smartfonini ham tayyorlab ulgurgan. Biz allaqachon uning ekrani yoqiq holda ishlatib ko‘rsatilgan «jonli» videosini hamda suratini e’lon qilganmiz.

O‘QING: Xiaomi Mi Mix 4 metroda «qo‘lga tushdi», uning namoyish kunigacha aniq bo‘ldi!

Kompaniya hali Mi Mix 4 modelini rasman namoyish etmay turib, internetda uning keyingi avlodi – Xiaomi Mi Mix 5 haqida ma’lumotlar chiqa boshladi. Mish-mishlarga ko‘ra, uning bosh kamerasi besh modulli, asosiy datchik aniqligi 108 megapiksellik bo‘ladi. Qolgan sensorlar 12, 16 va 12 megapiksellik, yana bittasi esa tasvirga olinayotgan sahna chuqurligini aniqlashga xizmat qiladi.

Biroq mazkur flagman bosh kameradan ham ko‘ra, boshqa jihati – 32 megapiksellik old kamerasi bilan maqtana oladi. Gap-so‘zlarga qaraganda, selfi-kamerasi ekranning ostiga yashirilgan birinchi smartfon aynan shu Xiaomi Mi Mix 5 bo‘layotir.

XIaomi Mi Mix 5 modelining «elektron yuragi» – Qualcomm hali taqdim etib ulgurmagan Snapdragon 865 protsessoridir. Qurilma standart modifikatsiyada 12 gigabaytlik tezkor va 256 gigabaytlik ichki xotiraga ega bo‘ladi.

Keyingi yil taqdim etiladigan ushbu smartfonga 710 dollar narx belgilanishi kutilmoqda. Xiaomi kompaniyasining aksariyat smartfonlarini 810 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz’dan xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Xiaomi to‘rtta smartfoniga barqaror MIUI 11 tarqatmoqda, shundan ikkitasi global proshivkalar!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!