EKSKLYuZIV: Galaxy Note 9’ni «g‘alati» qadog‘idan olib tomosha qilamiz! («jonli» video)

  •   DiMaX
  •  1202
  •  23.07.2018 17:35

EKSKLYuZIV: Galaxy Note 9’ni «g‘alati» qadog‘idan olib tomosha qilamiz! («jonli» video)

Samsung kompaniyasi Galaxy Note 9 fabletini 9 avgustda namoyish etib, 24 avgustda sotuvga chiqarmoqchi. Rasmiy renderdagi tasvirida fablet ekranida 24 avgust sanasi aks ettirilgani ham shunga ishora qilayotir.

O‘QING: Galaxy Note 9’ning ilk rasmiy surati e’lon qilindi!

Shu paytgacha mazkur planshetofonning bir nechta «jonli» suratlari va videosini e’lon qilganmiz. Internetga chiqarib yuborilgan yangi videolavhada esa Galaxy Note 9 qadog‘i ochilishi jarayoni va qurilmaning o‘zi ko‘rsatilgan.

Lavhadagi Samsung qutisi qora rangda bo‘lib, unga yozuvlar ko‘k tusda tushirilgan. Hali rasman taqdim etilmagan Galaxy Note 9 jihatlari qutining orqa tomoniga tushirilgan: 6,3 dyuymlik ekran, 6 GB tezkor va 64 GB ichki xotira, 12 megapikselli qo‘shaloq kamera, tezkor quvvatlash imkoni, IP68 standartida suvdan himoya.

Ammo smartfon xususiyatlari ro‘yxatida AKG stereodinamiklari haqida umuman birorta ham eslatma yo‘q. Shunga qaraganda, yo fablet jamlanmasida mazkur element chindan ham bo‘lmaydi, yoki videoda ko‘rsatilgan gadjet – Note 8 asosida tayyorlangan qalbaki nusxa bo‘lib chiqadi. Buning ustiga, qadoqdagi aksessuarlar ham bulturgi Galaxy Note 8 flagmanidagilar bilan bir xil: AKG quloqchini, tezkor quvvatlash qurilmasi, USB-C kabeli, fayllarni ko‘chirish uchun USB-C-dongl va smartfonning o‘zi.

«Osmon osti saltanati»da allaqachon mazkur planshetofonning qalbakisi sotila boshlaganini inobatga olsak, ulardan hamma narsani kutish mumkin.

O‘QING: Xitoyda "Galaxy Note 9" 100 dollardan sotuvga chiqdi!

Xullasi kalom, yangi videoni birga tomosha qilamiz:

Umuman olganda, Galaxy Note 9 taqdimotiga ham oz vaqt qoldi – yaqin orada barchasiga oydinlik kiritiladi. Ungacha bu boradagi yangiliklardan boxabar bo‘lib turish uchun bizni kuzatib boring.

O‘QING: Samsung Galaxy A turkumida yangi – A10, A30, A50, A70 va A90 smartfonlari chiqadi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!