Eng arzon 5G-smartfon endi Xiaomi Mi 9 Pro 5G emas!

  •   DiMaX
  •  2771
  •  28.09.2019 15:31

Eng arzon 5G-smartfon endi Xiaomi Mi 9 Pro 5G emas!

Bir necha oy avval taqdim etilgan dastlabki 5G-smartfonlar narxlari ming dollardan oshiq bo‘lib, tahlilchilar ularning kelajakda arzonlashib borishi aytishgan. Chindan ham, yaqindagina namoyish qilingan va allaqachon sotuvga chiqqan Xiaomi Mi 9 Pro 5G narxi 520 dollardan boshlanadi.

O‘QING: TEZKOR XABAR: Ucell O‘zbekistonda ilk 5G tarmog‘ini hamda metroda uyali aloqani ishga tushiryapti!

Lekin xitoyliklar beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ida ishlay oluvchi undan ham arzon smartfon taqdim etishlari mumkin. Oppo kompaniyasining sotuvlar bo‘yicha menejeri o‘z intervyusida shuni aytgan. Aniqrog‘i – Oppo narxi 3000 yuandan (420 AQSh dollaridan) yuqori bo‘lgan barcha smartfonlarini beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydigan qilib chiqaradi.

Menejerning qo‘shimcha qilishicha, Oppo kompaniyasi bugungi kunda o‘z resurslarining hamda jamoasining asosiy qismini yangi 5G-yechimlar yaratishga yo‘naltirmoqda. Bular – «bulutli» servislardagi o‘yinlar, guruhli videoqo‘ng‘iroqlar, suratlarni «bulutda» saqlash xizmatlari va hokazolardir.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyi oxirida China Mobile ham keng omma uchun atigi 289 dollarlik 5G-smartfon iyundayoq chiqishini, keyin u 145 dollargacha arzonlashishini ma’lum qilgan edi. Biroq hali-hanuz unaqa qurilma tayyorlangani yo‘q, shuningdek, Oppo menejeri ham arzon 5G-smartfonning qanday nomlanishi va taqdimot vaqtini aytmagan.

O‘QING: Eng kuchli protsessorga ega 5G-smartfon yarim narxida chiqyapti!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!