Eng «serkamera» Nokia flagmani yana bir jihatdan rekord o‘rnatyapti!

  •   DiMaX
  •  1206
  •  13.09.2018 18:08

Eng «serkamera» Nokia flagmani yana bir jihatdan rekord o‘rnatyapti!

Keyingi paytlarda HMD Global kompaniyasining afsonaviy brend ostidagi Nokia 9 flagmani xususida xabarlar ko‘paymoqda. Jumladan, u mazkur kompaniyaning eng qimmat smartfoni bo‘layotir, narxi hatto iPhone X’nikidan oshadi.

O‘QING: Besh modulli inqilobiy kameraga ega Nokia smartfoni ilk «jonli» suratda!

Bugun esa xitoylik insayderlar yana bir ma’lumot tarqatishdi: Nokia 9 smartfonining akkumulyatori naq 4150 mA/soatlik tok sig‘imiga ega bo‘ladi. Diagonaliga 5,9 dyuymlik OLED-ekranga ega bo‘lgani uchun ham ushbu flagmanning avtonomligi ancha yuqori bo‘lishi, to‘la quvvat bilan 1,5–2 kun ishlay olishi aytilmoqda.

Ayni damda bozorga taqdim etilgan flagmanlardan birortasi bunaqa ko‘rsatkich bilan maqtana olmasligini hisobga olsak, Nokia 9 modelini rekordchi, deyish mumkin. Shuningdek, manbalar ushbu smartfon ilg‘or Snapdragon 845 protsessori bazasida ishlashi va barmoq izi skaneri bevosita displeyga integratsiya qilinishini ham aytgan.

Hozircha Nokia 9 taqdimot sanasi ma’lum emas, lekin boshqa bir smartfonsoz ushbu model borasida «qovun tushirib» qo‘ygan.

O‘QING: Bunaqasi bo‘lmagan: Samsung hali e’lon qilinmagan Nokia 9 flagmanini Galaxy smartfoniga almashtirib bermoqchi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!