Eng zo‘r batareyali smartfonlar (DxOMark reytingi, 2021 yil may)

  •   DiMaX
  •  1351
  •  12.05.2021 12:13

Eng zo‘r batareyali smartfonlar (DxOMark reytingi, 2021 yil may)

DxOMark laboratoriyasi dastlab kameralarning imkoniyatlarini tekshirishga ixtisoslashgan edi. Keyin u smartfonlarning audio imkoniyatlarini (mikrofon va dinamiklarini) ham o‘lchay boshlagan.

O‘QING: Professional kameralardan zo‘r ilk smartfon – Mi 11 Ultra chiqiboq DxOMark taxtini zabt etdi! (+video)

Yaqinda bu kompaniya faoliyatida yangi yo‘nalish ochildi – mutaxassislar endi qurilmalarning akkumulyatorlarini ham o‘lchashga kirishdilar. DxOMark buning uchun yangi benchmark ishlab chiqdi va unda batareyalarning barcha jihatlari tekshiriladi. Ya’ni, bunga quvvatlanish tezligi, avtonomlik muddati, turli ssenariylar (o‘yin, internet-syorfing, video ijro etish...) bo‘yicha samaradorlik kabi parametrlar kiradi.

DxOMark allaqachon smartfonlar batareyalarining ilk reytingini ham taqdim etgan. Ekspertlar hozirgacha 17 xil rusumdagi smartfonlarni baholashga ulgurishgan. Ular orasida ayni damda Galaxy M51 modeli 88 ball bilan yetakchilik qilib turibdi:

To‘liq reyting bilan tanishish uchun mana bu havola orqali DxOMark saytiga o‘tishingiz mumkin.

Aytish kerakki, batareyalarni tadqiq etish yo‘nalishi mazkur laboratoriya faoliyatida yangi bo‘lgani uchun, hali ko‘pchilik smartfonlar bu mezon bo‘yicha tekshirib ko‘rilmagan. Shunday ekan, mazkur reyting vaqtinchalik xususiyatga ega bo‘lib, muntazam tarzda yangilanib boradi.

O‘QING: TOP-15: Rekord darajada tez quvvatlanuvchi smartfonlar

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.