Eng zo‘r hamyonbop smartfonlar taxtiga yangi da’vogar! (AnTuTu reytingi, 2021 yil aprel)

  •   DiMaX
  •  1848
  •  07.05.2021 17:12

Eng zo‘r hamyonbop smartfonlar taxtiga yangi da’vogar! (AnTuTu reytingi, 2021 yil aprel)

Biz bugun AnTuTu benchmarkiga ko‘ra eng baquvvat flagmanlarning o‘ntaligini e’lon qilgan edik. Mazkur servis jamoasi o‘rta narx doirasidagi smartfonlarning ham reytingini taqdim etgan.

O‘QING: O‘z narxi doirasida eng kuchli smartfonlar (AnTuTu’ning beshta reytingi, 2021 yil mart)

Ushbu ro‘yxatni tuzishda 1 apreldan 30 aprelgacha AnTuTu servisida kamida ming marta tekshirib ko‘rilgan smartfonlarning o‘rtacha (eng yuqori emas) ko‘rsatkichlari hisobga olingan.

Bir necha oydan beri taxtdan tushmay kelayotgan Xiaomi kompaniyasining Redmi 10X flagmani bu gal ham yetakchilikni qo‘ldan bermagan – 455 838 ball.

Lekin apreldagi reytingda yangi qahramon paydo bo‘lgan va birdaniga 447 608 ball bilan ikkinchi o‘ringa chiqib olgan. Bu – Vivo kompaniyasining iQOO brendi Qualcomm Snapdragon 768G protsessori asosida tayyorlab, martning oxirida taqdim etgan iQOO Z3 modelidir.

O‘QING: Smartfon bozoridagi beshta yetakchi: Huawei o‘yindan chiqdi! (2021 yil 1-chorak)

AnTuTu servisiga ko‘ra hamyonbop smartfonlarning aprel oyi reytingiga yana quyidagi modellar kirgan:

  1. Huawei Nova 8 Pro – 442 944 ball
  2. Honor 30 – 438 863 ball
  3. Huawei Nova 8 – 438 023 ball
  4. Huawei Nova 7 – 436 285 ball
  5. Honor X10 – 418 632 ball
  6. Huawei Nova 7SE – 408 966 ball
  7. Redmi Note 9 Pro – 402 060 ball
  8. Oppo Reno 5 – 401 045 ball

Eslatib o‘tamiz: bu – AnTuTu benchmarkida faqat xitoylik smartfon egalarining tekshiruvlari natijalariga asoslangan ro‘yxat. Global reyting ham shu kunlarda chiqib qoladi, bizni kuzatishda davom eting.

O‘QING: O‘rta narxli o‘nta eng zo‘r smartfon (AnTuTu global reytingi, 2021 yil mart)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!