Ertaga taqdim etilayotgan Redmi K20 rasmiy promo-rolik va yangi jonli rasmlarda!

Ertaga taqdim etilayotgan Redmi K20 rasmiy promo-rolik va yangi jonli rasmlarda!

Xiaomi va Redmi kompaniyalari ertaga taqdim qilinishi rejalashtirilgan Redmi K20 smartfoni atrofida chinakamiga yirik marketing kampaniyasini avjiga chiqarishdi.

O‘QING: Redmi K20 va K20 Pro narxlari ma’lum, Xiaomi esa taklifnomaga boks qo‘lqopi qo‘shib tarqatyapti!

Oxirgi bir necha hafta davomida Redmi K20 va Redmi K20 Pro haqida juda ko‘p yangiliklar tarqaldi. Ma’lumotlarni rasmiy shaxslar hamda tarmoq axborotchilari ulashib turishdi.

Endi esa xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida Redmi K20'ning rasmiy reklama roligi paydo bo‘ldi. Ushbu videoda qurilma orqa panelidagi optik effektli maftunkor jiloni ko‘rish mumkin. Xitoylik brend hamma uchun odatiy bo‘lib ulgurgan gradiyentlardan voz kechgan holda, smartfonni o‘zgacha mukammalikda yaratgan.

Avvalroq, internetda Redmi K20 modelining rasmiy reklama banneri surati ham tarqalgandi. Ushbu qurilmada Snapdragon 730 protsessori, 48 MPlik datchikka ega kamera, 7-avlod ekranosti daktiloskopi hamda 4000 mA/soatlik akkumulyator qo‘llanishi tasdiqlangan.

Redmi K20 в зрелищном официальном промо-ролике и на живых фото

Redmi K20 в зрелищном официальном промо-ролике и на живых фото

Redmi K20 в зрелищном официальном промо-ролике и на живых фото

Redmi K20 в зрелищном официальном промо-ролике и на живых фото

O‘QING: Redmi K20 ilk rasmiy suratda: «katta iblis» kutilganidan boshqacharoq ekan!

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!