Ertagayoq namoyish etilayotgan Redmi 7 bilan batafsil tanishamiz!

  •   DiMaX
  •  2381
  •  05.03.2019 10:14

Ertagayoq namoyish etilayotgan Redmi 7 bilan batafsil tanishamiz!

Xiaomi o‘zining arzon smartfonlar turkumini mustaqil Redmi brendi tarzida ajratgach, uning ilk vakili – «yong‘oqchaqar» Redmi Note 7 modelini taqdim etgandi. Keyinroq uning global versiyasini hamda yangi Redmi Note 7 Pro modelini namoyish qildi, endi esa navbat yanada arzon smartfonga keldi.

O‘QING: Xiaomi yana bitta arzon smartfon – Redmi 7 taqdimot kunini e’lon qildi!

Xitoyning mobil qurilmalarni ro‘yxatga oluvchi TENAA tashkiloti saytida hamyonbop Xiaomi Redmi 7 smartfonining texnik xususiyatlari batafsil e’lon qilindi. Ushbu regulyator bazasida u M1810F6LE katalog raqami bilan qayd qilingan, afsuski, uning «jonli» suratlarini hanuz ko‘rsatishmadi.

Buni qarangki, Redmi Note turkumiga kirmasa-da, ushbu smartfon ham yetarlicha katta o‘lchamga ega ekan. Uning korpusi o‘lchami 158,65x76,43x8,9 millimetrga teng bo‘lib, 180 gramm tosh bosadi. Tabiiyki, ekrani ham kattagina – diagonaliga 6,26 dyuymlik, tasvir aniqligi esa 1520x720 piksellik.

Doimgidek, ushbu smartfon ham xotira hajmiga ko‘ra turli variantlarda taklif etiladi. Ularning eng kichigi 2/16 gigabaytlik tezkor/doimiy xotiraga ega. Redmi 7 yana 3/32 va 4/64 gigabaytlik xotiraga ega talqinlarda ham chiqariladi va barchasi microSD kartasi uchun uyachaga ega.

Redmi 7 bosh kamerasi qo‘shaloq bo‘lib, asosiy modul aniqligi 12 megapikselga teng. Ikkinchi datchik xususiyatlari aytilmagan, uning 5 megapiksellik bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Selfilar uchun 8 megapiksellik optik sensor qo‘llangan, orqa panelda yana barmoq izi skaneri ham bo‘ladi. Xiaomi ushbu smartfoniga 3900 mA/soatlik akkumulyator, Android 9.0 bazasidagi MIUI 10 interfeysini o‘rnatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, xitoycha Redmi Note 7 modelini O‘zbekistonda hozircha faqat AliExpress’dan buyurtma orqali sotib olish mumkin. Jahon bozoriga chiqarilgan ayrim Xiaomi smartfonlarini esa 819 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni bor. Ayniqsa, shu kunlarda – aksiya doirasida bu xaridingiz yanada yoqimli va manfaatli bo‘ladi.

O‘QING: Redmi 7’dan avval uning «kushanda»si – arzon, ammo «beli baquvvat» Realme 3 taqdim etildi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!