Fazoviy jangli strategiya o‘yinini 18 fevralgacha butkul va bepul olib qo‘yishga shoshiling!

  •   DiMaX
  •  443
  •  12.02.2021 14:29

Fazoviy jangli strategiya o‘yinini 18 fevralgacha butkul va bepul olib qo‘yishga shoshiling!

We Were Here o‘yini ijodkorlari uni PlayStation 4 hamda PlayStation 5 konsollariga, shuningdek kompyuterlarga 22 fevralgacha tekinga tarqatishayotgani haqida yozgandik. Epic Games esa hafta yakuniga kelib yana bitta o‘yinni bepul va bir umrga olib qo‘yish imkonini taqdim etdi.

O‘QING: Geymer lavozimida ish bor – maoshi yiliga 41 ming dollar!

Tekinga berilayotgan o‘yin nomi Halcyon 6: Starbase Commander bo‘lib, mohiyatiga ko‘ra u strategiya hamda qadam-baqadam taktik RPG qorishmasidir. Unda voqealar fantastik muhitda bo‘lib o‘tadi. Geymer bu o‘yinda bir zamonlar tashlab ketilgan Halcyon 6 nomli qadimiy fazoviy stansiyani tiklashi va uning yordamida o‘zga sayyoraliklarning Yerga hujumini to‘xtatib qolishi kerak bo‘ladi.

Voqealar davomida o‘yinchi bazani tiklashi va boshqarishi, xonalarni tozalashi, resurslar to‘plashi kerak. Shuningdek, vaqti-vaqti bilan hujum qilib turuvchi dushmanlar – qaroqchilar va kelgindilarga qarshi kurash ham davom etadi.

Halcyon 6: Starbase Commander o‘yinini mana bu havola orqali Epic Games Store onlayn do‘konidan yoki ushbu servisning rasmiy kliyenti yordamida olish mumkin. Uning bepullik davri 18 fevralgacha davom etadi – shungacha olib qo‘ysangiz, keyin uni istalgan payt bepul o‘ynayverasiz.

O‘QING: Boylar ham o‘ynaydi: Ilon Maskning sevimli videoo‘yinlari qaysilar?