Galaxy A50 smartfoni va boshqa qimmatbaho sovrinlar yutuqqa qo‘yilgan tanlovga marhamat!

  •   DiMaX
  •  1067
  •  16.01.2021 10:11

Galaxy A50 smartfoni va boshqa qimmatbaho sovrinlar yutuqqa qo‘yilgan tanlovga marhamat!

«O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi Instagram ijtimoiy tarmog‘ida UZTELECOMGIFTS nomli videoroliklar tanlovini yo‘lga qo‘ygan edi. UZTELECOM o‘z saytida uning birinchi bosqichi yakunlanganini e’lon qilib, ikkinchi bosqichida ishtirok etishga chorlagan.

O‘QING: «O‘zbektelekom»dan ikkita xushxabar: eng foydali mobil tarifga ulanish va Wi-Fi router bepul!

Tanlovning ikkinchi bosqichi 2021 yil 16 yanvardan 20 yanvarga qadar davom etadi. Unda ishtirok etish uchun mazkur kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar yoki tarif rejalari haqida davomiyligi 15 soniyadan 2 daqiqagacha bo‘lgan videorolik tayyorlashingiz hamda uni #UZTELECOMGIFTS heshtegi bilan o‘z Instagram-sahifangizda targ‘ib etishingiz lozim.

Ikkinchi bosqichning taqdirlash marosimi tez orada – 2021 yil 21 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Ushbu tanlovga taqdim etilgan videolar ko‘rib chiqilib, eng ko‘p layk to‘plagan o‘nta lavha aniqlanadi va UZTELECOMGIFTS sahifasiga joylashtiriladi.

O‘QING: Operator ilovasi 2021 yilda ham har gal 3750 MBgacha bonuslar sovg‘a qilishda davom etadi!

Tanlov shartlariga ko‘ra, tarif rejalari, shuningdek kompaniyaning xizmatlari haqidagi eng ijodiy, ma’lumotli hamda sifatli videoroliklar ijodkorlari eng zo‘r va kerakli sovg‘alarni qo‘lga kiritishadi:

1-o‘rin – 3 999 999 so‘mlik chiroyli raqam va Samsung Galaxy A50 smartfoni;

2-o‘rin – 1 999 999 so‘mlik chiroyli raqam va Samsung Galaxy Watch Active aqlli soati;⠀

3-o‘rin — 1 199 999 so‘mlik chiroyli raqam va Samsung Galaxy Buds simsiz quloqchini.

Eng ASOSIY yutuq – SIZNING ROLIGINGIZ kompaniya mahsulotlarini targ‘ib qilishda qo‘llaniladi va uni BUTUN MAMLAKAT tomosha qiladi.

Batafsil shartlar haqida mazkur havola orqali bilib oling va ishtirok etishga shoshiling!

O‘QING: UZTELECOM internetni naq ikki barobarga arzonlashtirmoqda!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.