Galaxy A8s hamda Huawei Nova 4’dan ham avval: «teshik» displeyli Lenovo Z5S’ni «jonli» video va rasmda ko‘ring!

  •   DiMaX
  •  935
  •  30.11.2018 12:16

Galaxy A8s hamda Huawei Nova 4’dan ham avval: «teshik» displeyli Lenovo Z5S’ni «jonli» video va rasmda ko‘ring!

Janubiy koreyalik texnogigant Galaxy A8s modelida mutlaqo yangi texnologiya qo‘llayotganini – old kamera uchun ekranda «tirqish» ochayotganini e’lon qilgandi. Ammo allaqachon Xitoy metropolitenida Huawei’ning xuddi shunday smartfoni «qo‘lga tushgan».

O‘QING: Huawei «Bir qadam oldinda»: Samsung’ning «teshik» ekranli smartfonlaridan avval Nova 4 chiqyapti! (+«jonli» suratlar)

Lekin bu ikkalasidan ham avval Lenovo «otni qamchilab» qolgan ko‘rinadi. Ushbu kompaniyaning «teshik» ekranli smartfoni kuni kecha «jonli» surati bilan fosh etilgan hamda rasmiy posteri e’lon qilingan edi. Endi esa ushbu Lenovo Z5S modelining «jonli» videosini ham chiqarishdi! Mana, birga tomosha qilamiz:

Shuningdek, mazkur smartfonning mana bu «jonli» rasmlari ham internetda tarqaldi:

Xabarlarga ko‘ra, Lenovo Z5S diagonali 6,3 dyuymlik displeyga, uch modulli bosh kameraga va 3210 mA/soatlik batareyaga ega. Bundan tashqari, unda Qualcomm kompaniyasining o‘rta narxli yangi chipi – Snapdragon 675 protsessori qo‘llanadi. Bu chipset 2.0 GGs takt chastotasida ishlovchi ikkita baquvvat Kryo 460 (Cortex-A76) yadrosini hamda 1.8 GGs chastotali oltita Kryo 460 (Cortex-A55) yadrosini, shuningdek Adreno 612 videochipini o‘z ichiga oladi.

O‘QING: Samsung’ning «orqasidan pichoq urishdi»: «milliy boylik»ni xitoyliklarga sotgan to‘qqiz kishiga jinoiy ish ochildi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!