Galaxy Buds Pro simsiz quloqchini taqdimotdan avval AirPods Pro’ga mag‘lub bo‘ldi (+video)

  •   DiMaX
  •  671
  •  07.01.2021 11:10

Galaxy Buds Pro simsiz quloqchini taqdimotdan avval AirPods Pro’ga mag‘lub bo‘ldi (+video)

Samsung kompaniyasi o‘zining to‘liq simsiz Galaxy Buds Pro naushniklarini 14 yanvar kuni taqdim etadi. Ushbu qurilmaning «jonli» varianti ustida o‘tkazilgan test sinovlari tasvirlangan video internetga chiqdi, deb yozmoqda Daryo nashri.

O‘QING: Galaxy S21’lar bilan chiquvchi flagman quloqchin: narxi va xususiyatlari

Rolikda quloqchin taglik jamlanmasi, simsiz quvvatlantirish tizimi bilan birganlikda namoyish etilgan bo‘lib, u Galaxy Buds Plus bilan taqqoslangan. Shuningdek, boshlovchi naushnikning barcha yangi funksiyalarini ishga tushirish mumkin bo‘lgan mobil dasturni ham bo‘lishgan.

Dastlabki xulosaga ko‘ra, gadjetning «shaffoflik rejimi» ancha yaxshilangan, ovoz sifati — «toza yuqori va o‘rta chastotali» fantastik. Faol shovqin to‘sish tizimi yaxshi ishlaydi, «biroq AirPods Pro’dek odamni hayratlantirmaydi».

Avvalroq Apple kompaniyasi o‘zining birinchi to‘liq o‘lchamli quloqchini — AirPods Max’ni taqdim etgandi, lekin uni 2020 yilgi iPhone SE smartfonidan ham yuqori baholagan!

O‘QING: AirPods Pro raqibi taqdim etilib, undan ikki yarim baravar arzon sotila boshladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!