Galaxy F buklama smartfoni tannarxini Galaxy S9+ hamda iPhone XS Max’niki bilan solishtiramiz!

  •   DiMaX
  •  2219
  •  15.12.2018 10:24

Galaxy F buklama smartfoni tannarxini Galaxy S9+ hamda iPhone XS Max’niki bilan solishtiramiz!

Samsung kompaniyasi 2018 yilning 7 noyabrida – Samsung Developer Conference tadbirida o‘zining buklanuvchi smartfonini rasman namoyish etgandi. Endi mazkur qurilma haqida uning butlovchi qismlarini yetkazib beruvchilardan olingan yangi ma’lumotlar e’lon qilindi.

O‘QING: Samsung Galaxy F buklama smartfonining batafsil videosi, narxi va boshqa ma’lumotlari!

Agarda bu xabarlar rost bo‘lib chiqsa, Galaxy F ikkita akkumulyatorga ega: korpusning har bir qismida bittadan. Ularning umumiy tok sig‘imi esa taxminan 5000-6000 mA/soatni tashkil etadi.

Buklama smartfonning asosiy kamerasi ikkita 12 megapiksellik datchikdan iborat, selfi-kamera sensori esa 8 megapiksellik. Apparat qismi asosini Exynos 9820 yoki Snapdragon 855 protsessori tashkil etadi – bu qaysi hududga mo‘ljallab chiqarilganligiga bog‘liq. Galaxy F tezkor xotirasi 8, doimiy xotirasi esa 128 gigabayt hajmga ega.

Bulardan tashqari, manbalar hatto Galaxy F butlovchi qismlarining taxminiy narxlari haqida ham ma’lumot berishgan. Umuman olganda, qayishqoq displey va buklama korpusini hisobga olmaganda, bu flagmanning boshqa komponentlari «el qatori» – ularning narxlari avvaldan ma’lum.

O‘QING: Galaxy S9+ tannarxi hisoblandi: insof ham kerak-da, Samsung!

Mana, quyidagi jadvalda Galaxy F, iPhone XS Max hamda Galaxy S9+ butlovchi qismlarining narxlari va har bir smartfonning umumiy tannarxi ko‘rsatilgan:

Ko‘rib turganingizdek, Galaxy F komponentlarining umumiy qiymati 637 AQSh dollariga teng kelar ekan. Uning bozordagi narxi esa 1800 dollar bo‘lishi, ya’ni tannarxiga yana 65 foiz qo‘shilishi aytilgan. Kupertinolikning eng qimmat smartfonida ham bu ko‘rsatkich 65 foizga, Galaxy S9+ modelida esa 55 foizga teng kelayotir. Ammo bir jihatini ham inobatga olish kerak: qismlar narxlaridan tashqari, gadjetlarning yakuniy narxlariga ta’sir etuvchi boshqa omillar ham bisyor.

Darvoqe, Terashop.uz internet-do‘konimizda Galaxy S9+ smartfonini 5 529 000 so‘m evaziga sotib olish, iPhone XS Max flagmanini esa 11 199 000 so‘mga xarid qilish mumkin.

O‘QING: iPhone XS Max tannarxini hisoblashdi – Apple insofiniyam «qo‘shib yeb yuborgan» ekan!