Galaxy M01’dan ham arzon Samsung smartfoni va Galaxy Watch 3 sertifikatlandi

  •   DiMaX
  •  591
  •  22.06.2020 11:15

Galaxy M01’dan ham arzon Samsung smartfoni va Galaxy Watch 3 sertifikatlandi

Samsung kompaniyasi Galaxy M01 modelining yanada arzon versiyasi – Galaxy M01s smartfonini tayyorlayotgani haqida yozgandik. Shu qurilma bilan Galaxy Watch 3 smart-soatining xususiyatlari ma’lum bo‘ldi.

O‘QING: Galaxy M01 namoyish etilib, sotuvga ham chiqdi – Redmi va Realme arzon smartfonlariga Samsung javobi! (+video)

Hindiston standartlash byurosi (BIS) ushbu ikki devaysni sertifikatladi va shunda ularning ba’zi texnik jihatlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra, Galaxy M01s smartfoni SM-M017F/DS kodi ostida tayyorlanmoqda. Ushbu qurilma MediaTek Helio P22 protsessori va 3 gigabaytlik tezkor xotira bilan ishlaydi. Unda 2,4 GGs chastota diapazonini qo‘llab-quvvatlovchi Wi-Fi 802.11b/g/n adapteri qo‘llanmoqda.

Qizig‘i – Galaxy M01 modelida allaqachon Android 10 operatsion tizimi mavjud bo‘lsa-da, undan keyin chiqayotgan Galaxy M01s gadjeti Android 9 talqinida ishlaydi.

O‘QING: Android 11’gacha yangilanuvchi 60 ga yaqin Samsung smartfonlari va planshetlari bitta ro‘yxatda!

BIS ma’lumotlar bazasida Galaxy Watch 3 aqlli soati SM-R845F, SM-R855F va SM-R850F kodli raqamlari bilan sertifikatlangan. Bulardan dastlabki ikkitasi – tegishlicha diametri 41 va 45 millimetrlik modellar bo‘lsa, uchinchisi shu paytgacha biror joyda uchramagan edi.

Galaxy Watch 3 keyingi oydayoq, butkul simsiz Galaxy Buds Live quloqchini bilan birga namoyish etilishi aytilmoqda. Galaxy M01s smartfonining taqdimot sanasi hozircha noma’lum.

O‘QING: Samsung burgaga achchiq qilib ko‘rpani kuydirdi: bu arzon smartfonni kutmay qo‘yaveramiz!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!