Galaxy M31 o‘zi arzon bo‘lsa-da, o‘rta narxli Galaxy A51 bilan bellasha oladi! («jonli» surat)

  •   DiMaX
  •  13375
  •  11.01.2020 10:16

Galaxy M31 o‘zi arzon bo‘lsa-da, o‘rta narxli Galaxy A51 bilan bellasha oladi! («jonli» surat)

Janubiy koreyalik gigantning Galaxy M30 modeli – keyingi paytlarda eng muvaffaqiyatli chiqqan smartfonlardan biridir. Uning o‘tgan yil sentyabrda namoyish etilgan davomchisi – Galaxy M30s esa kamera testida hatto Redmi Note 7 Pro’ni ham «changida qoldirgan» edi.

O‘QING: Samsung yangi «o‘ldirib bo‘lmas» smartfon taqdim etdi

Endi ushbu arzon telefonlar turkumida navbatdagi – Galaxy M21, Galaxy M31 va Galaxy M41 modellari haqida ham ma’lumot paydo bo‘lgan. Bular orasidan ikkinchisi hatto Geekbench benchmarkida imtihon topshirib ham ulgurgan.

Endi esa internetda mana shu Galaxy M31 haqida yangi ma’lumotlar tarqarmoqda. Undagi muhim jihatlardan biri – kamera bo‘ladi va uning moduli aks etgan «jonli» rasm buning isbotidir:

Ko‘rib turganingizdek, kamera blogida naq beshta tirqish bor; ulardan biri fotochaqnoq uchun ochilganini hisobga olsak, Galaxy M31 to‘rttalik kameraga ega bo‘ladi!

Ushbu smartfonda ham, xuddi o‘rta narxli Galaxy A51 modelidagi singari, Exynos 9611 protsessori qo‘llanganini Geekbench ko‘rsatgan. Yana insayderlarga ko‘ra, kutilayotgan arzon smartfon kameralari bobida ham undan nusxa olishi mumkin. Ya’ni, Galaxy M31 asosiy kamerasi 48, 12, 5 va 5, old kamerasi esa 32 megapiksellik modullardan iborat bo‘lishi ehtimoli yuqori.

Agarda bu taxminlar o‘z tasdig‘ini topsa, ushbu arzon smartfon Galaxy M30 modelidan ancha ilg‘or bo‘lib chiqadi. Lekin, afsuski, uning namoyish vaqti hali-hanuz noma’lum bo‘lib turibdi.

O‘QING: Kokain mojarosi: Samsung va boshqalar atigi 349 dollarlik buklamafondan nega qo‘rqyapti?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!