Galaxy Note 10 ertaroq chiqadigan bo‘ldi, taqdimot joyi ham ma’lum!

  •   DiMaX
  •  1415
  •  19.06.2019 10:25

Galaxy Note 10 ertaroq chiqadigan bo‘ldi, taqdimot joyi ham ma’lum!

Samsung kompaniyasi navbatdagi planshetofoni Galaxy Note 10 gadjetini 10 avgust kuni namoyish etishi aytib kelinayotgan edi. Smartfonsozlik sanoatining adashmas informatorlaridan bo‘lgan Mukul Sharma (Mukul Sharma) esa bu borada boshqa ma’lumotni ulashdi.

O‘QING: Galaxy Note 10 hamda Note 10 Pro taqdimot kuni aniq, lekin ular allaqachon hafsalani pir qildi

Terabayt.uz saytida ushbu fablet kompaniyaning eng katta smartfoni bo‘lishi, shuningdek, selfi-kamerasi stilusga o‘tkazilishi haqida yozganmiz. Shuningdek, uning ikki versiyada chiqarilishi, shulardan bittasi ixchamroq va arzonroq bo‘lishi ham aytilgan, video va suratlarda batafsil ko‘rsatilgan.

Xullasi kalom, Mukul Sharmaning xabar berishicha, Galaxy Note 10 smartfonining rasmiy namoyishi 7 avgustga belgilangan. Mazkur marosim «Bruklin Nets» basketbol jamoasining hamda «Nyu-York Aylenders» xokkey jamoasining uy arenasi bo‘lmish «Barklays-sentr»da bo‘lib o‘tadi.

Bu yil standart Galaxy Note 10 modelidan tashqari, Galaxy Note 10 Pro versiyasi ham chiqishi ma’lum, yana nisbatan arzon va ixchamroq Galaxy Note 10e ham bo‘lishi mumkin. Hozircha ularning narxlari aniq emas, allaqachon global savdoga chiqqan ayrim Samsung telefonlarini esa atigi 451 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: 2019 yilning eng zo‘r 10 smartfoni («Roskachestvo» talqini) va narxlari

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!