Galaxy Note 9 bilan birga Samsung yana ikkita maxfiy qurilma ko‘rsatmoqchi

  •   DiMaX
  •  1108
  •  23.07.2018 09:49

Galaxy Note 9 bilan birga Samsung yana ikkita maxfiy qurilma ko‘rsatmoqchi

Janubiy koreyalik texnogigantning to‘qqizinchi avlod fableti shu yilning 9 avgustida taqdim etilishidan xabaringiz bor. Uning turli xususiyatlaridan tashqari, «jonli» suratlari va hatto videosigacha e’lon qilganmiz.

O‘QING: Xitoyda "Galaxy Note 9" 100 dollardan sotuvga chiqdi!

Ammo shu kungi taqdimot marosimida kompaniya yana kamida ikkita maxfiy gadjetini ham namoyish etmoqchi, demoqda xorijiy nashrlar.

«Aqlli» soat

Insayderlar xabarlariga ko‘ra, Samsung shu kuni yangi modeldagi, Galaxy Watch deb nomlanuvchi smart-soatini ham taqdim etadi. Ushbu devays allaqachon AQSh Aloqa komissiyasida sertifikatsiyadan o‘tgan. Uning hujjatlarida esa soatning sxema tarzidagi tasviri ko‘rsatilgan, shuningdek, ayrim texnik jihatlari bayon qilingan.

Galaxy Watch «aqlli» soati diametri 30,2 mm (1,19 dyuym) bo‘lgan doirasimon ekranga, uzunligi 51,2 millimetr va eni 43,4 millimetr bo‘lgan korpusga ega. Bu qurilma 4G, 2,4 GGs diapazonidagi Wi-Fi hamda Bluetooth 4.2 tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, smart-soat Tizen 4.0 operatsion tizimida ishlashi va unga boshidanoq Bixby ovozli yordamchisi o‘rnatilishi aytilmoqda.

O‘QING: Galaxy Watch «aqlli» soatining taqdimot va savdoga chiqish vaqti ma’lum bo‘ldi

«Aqlli» kolonka

Wall Street Journal nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Samsung kompaniyasi Bixby ovozli yordamchisiga ega smart-kolonka ham tayyorlagan. Janubiy koreyalik texnogigant uni ham Galaxy Note 9 taqdim etiladigan marosimda namoyish etadi. Mazkur gadjet dumaloq shaklda, oyoqchali, ustida chiroqchali bo‘lishi haqida gap-so‘zlar yuribdi.

Samsung bu devaysini sifatli akustikaga, keng imkoniyatlarga ega hamda proshivkasi yangilanishi evaziga kelajakda yana yangi funksiyalarni o‘zlashtiruvchi premium-akustika tizimi sifatida ilgari surmoqchi. «Aqlli» kolonkaning asosiy o‘ziga xosliklaridan biri shundaki, u foydalanuvchining qayerda ekanini payqab, ovozni aynan o‘sha tomonga yo‘naltiradigan bo‘ladi.

Gap-so‘zlarga qaraganda, Samsung bu mahsulotini 300 dollardan sotishni rejalashtirgan. Bu esa Apple HomePod’dan 50 dollarga, Google Home Max’dan esa 100 dollarga arzon, deganidir.

O‘QING: Apple’ dan taxlanadigan qimmat quloqchin va boshqa ko‘p yangiliklar