Galaxy S10+ ham Geekbench’da: yana bir karra uyat, Samsung, uyat!..

  •   DiMaX
  •  2295
  •  16.01.2019 11:52

Galaxy S10+ ham Geekbench’da: yana bir karra uyat, Samsung, uyat!..

Samsung kompaniyasi Galaxy S10 turkumidagi flagmanlarining taqdimot kunini rasman e’lon qilgan. Shuningdek, ulardan ayrimlarini allaqachon benchmarklarda tekshirishga ham ulgurishgan.

O‘QING: Galaxy S10 Lite taqdimotdan avval Geekbench’da test topshirdi. Uyat, Samsung, uyat!..

Endi esa Geekbench ma’lumotlar bazasida Samsung Galaxy S10+ tekshirilganligi haqida ham qayd paydo bo‘ldi. Aytish kerakki, SM-G975 katalog raqami ayni shu «katta» flagmanga tegishli.

Afsuski, bu yangilik Samsung foydasiga emas: axir, zamonamizning eng ilg‘or flagmani bo‘lishi kutilayotgan Galaxy S10 Plus smartfoni kutilayotganidan ancha past natija ko‘rsatgan:

Avvalo, Galaxy S10+ yakka yadroli sinovda 3413, ko‘p yadroli testda esa 10256 ball olgan, xolos. Hali taqdim etilmagan Sony Xperia XZ4 flagmani esa Geekbench imtihonida tegishlicha 3497 va 12801 ball bilan yetakchi bo‘lib turibdi, shuningdek, u buni AnTuTu benchmarkida ham isbotlagan.

O‘QING: Yangi rekord: Sony Xperia XZ4 taqdimotdan avval AnTuTu’da salkam mo‘’jiza ko‘rsatdi!

Bundan tashqari, Geekbench ma’lumotlariga ko‘ra, Galaxy S10 Plus tezkor xotirasi atigi 6 gigabaytlik hajmga ega ekan! Holbuki, insayderlar uning 12 gigabaytgacha «operativka»li ekanini ta’kidlab kelishgan. Ehtimol, mazkur flagmanning shunday versiyasi ham bordir va Samsung uni hozircha oshkor etmay turgandir.

Benchmark ma’lumotlar bazasidagi qaydlar ushbu smartfonning Android 9.0 Pie operatsion tizimida ishlashini yana bir isbotlagan. Shuningdek, protsessori Snapdragon 855 ekanligi ham «msmnile» yozuvi orqali o‘z tasdig‘ini topgan.

O‘QING: Samsung’ning ilk 5G-smartfoni – 6 kamerali Galaxy S10 X narxi, savdoga chiqish kuni va jihatlari e’lon qilindi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!