Galaxy S10 sifatli «jonli» suratda: yupqa romli, chetlari qayrilma displey «tirqish»idagi kamera!

  •   DiMaX
  •  1890
  •  04.01.2019 08:52

Galaxy S10 sifatli «jonli» suratda: yupqa romli, chetlari qayrilma displey «tirqish»idagi kamera!

Samsung kompaniyasining navbatdagi avlod flagman smartfonlari to‘g‘risida bir-biridan qiziq ma’lumotlar, ularning rasmlari va hatto «jonli» videosi tarqalgan. Lekin Galaxy S10 turkumidagi qurilmalarning qay biri qanday ko‘rinishda ekanini hali-hanuz aniq bilmaymiz.

O‘QING: ILK BOR: Galaxy S10 Lite hamda Galaxy S10+ benchmarkda «ko‘rindi»!

Mashhur insayder Evan Blass (Evan Blass) kecha kodli nomi Beyond 1 bo‘lgan Galaxy S10 modelining «jonli» fotosuratini e’lon qildi. Unda romsiz ekranning yonlari qayrilma ekanligi, selfi-kamera «tirqish»i yaqqol ko‘zga tashlanib turibdi:

Bundan tashqari, insayder Galaxy S10 modelining bitta xususiyatini tasdiqlagan. Ya’ni, xuddi Huawei Mate 20 Pro flagmanida bo‘lgani kabi, u ham tegishli smartfonlarni simsiz quvvatlay oladi.

O‘QING: Uchta modeldagi Galaxy S10: suratlari, jihatlari, ANIQ narxlari, taqdimot va savdoga chiqish kunlari!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!