Galaxy S20 seriyasidagi arzon flagman chiqmay turib hafsalani pir qildi

  •   DiMaX
  •  2479
  •  13.08.2020 17:47

Galaxy S20 seriyasidagi arzon flagman chiqmay turib hafsalani pir qildi

Samsung kompaniyasi bu yilgi flagmanlarining «yengillashtirilgan» versiyasini tayyorlayotganidan xabaringiz bor. Bozorga uning Galaxy S20 Lite yoki Galaxy S20 Fan Edition (Galaxy S20 FE) nomi ostida taqdim etilishi kutilmoqda.

O‘QING: Galaxy S20 turkumida tayyorlanayotgan eng arzon smartfon hali chiqmagan OnePlus 8T bilan raqobatlashadi

Janubiy koreyalik texnogigant uni ikki xil modifikatsiyada tayyorlamoqda: ulardan birining model raqami SM-G781 bo‘lib, Qualcomm kompaniyasining flagman protsessori – Snapdragon 865 chipsetiga tayanishi haqida yozgan edik.

Endi esa bu smartfonning ikkinchi modifikatsiyasi ham Geekbench servisida tekshirib ko‘rildi. Mazkur benchmark ma’lumotlariga ko‘ra, Samsung uni o‘zining Exynos 990 chipseti bazasida tayyorlayapti:

Bundan chiqdi, Samsung o‘zining bu smartfonida turli bozorlar uchun har xil protsessorli modifikatsiyalarni chiqarish an’anasini davom ettiryapti. Aynan Exynos 990 protsessori esa, AnTuTu avvalroq e’lon qilgan reytingga ko‘ra, Snapdragon 865’dan anchagina past samaradorlikka ega.

O‘QING: VIDEO: Galaxy Note 20’larning bulturgi flagmandan ham qolishuvchi jihatini Samsung sir tutgan ekan!

Lekin Galaxy S20 Fan Edition’ning yaqinda ma’lum bo‘lgan boshqa jihatlari ham kishini quvontirmaydi. Janubiy koreyalik texnogigant unda unchalik kuchli bo‘lmagan – 12 + 12 + 8 megapiksellik datchiklardan iborat kamera qo‘llayapti.

Ammo bu ham hali hammasi emas: Galaxy S20 Lite texnik xususiyatlari nomiga yarasha «yengil» bo‘lsa-da, narxi «og‘ir»roq bo‘lib chiqadi. Aniqrog‘i – Samsung uning uchun 750 AQSh dollari miqdorida narx belgilayapti. Taqqoslash uchun keltirib o‘tsak, uning «ajdod»i – Galaxy S20 Lite modeli 650 dollardan sotuvga chiqqan edi.

Galaxy S20 Fan Edition’ning Infinity-O displeyi FullHD+ formatida bo‘lib, 120 gerslik chastotada yangilana olishini aytishmoqda. Insayderlarga ko‘ra, unnig akkumulyatori 4500 mA/soatlik, korpusi esa IP68 standartiga ko‘ra chang va namdan himoyalangan bo‘ladi.

O‘QING: Beshta narx toifasidagi eng zo‘r Android-smartfonlar (AnTuTu reytinglari, 2020 yil iyul)