Galaxy Watch «aqlli» soatining taqdimot va savdoga chiqish vaqti ma’lum bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  898
  •  19.07.2018 16:19

Galaxy Watch «aqlli» soatining taqdimot va savdoga chiqish vaqti ma’lum bo‘ldi

Samsung kompaniyasining bu yil taqdim etadigan smart-soati haqida turli ma’lumotlar tarqalmoqda. Bu gadjetning hatto nomi ham ikki xil variantda aytilmoqda, ammo shu paytgacha birortayam suratini ko‘rsatishmadi.

O‘QING: Samsung Gear S4 «aqlli» soatlari endi Galaxy Watch va Wear OS, deb nomlanishi mumkin

Janubiy koreyaliklar mazkur «aqlli» soatini 9 avgust kuni, Galaxy Note 9 planshetofoni bilan birga taqdim etishi haqida xabarlar chiqqandi. Keyinroq esa, smart-soat taqdimoti avgustning oxirida Berlinda ochiladigan IFA 2018 ko‘rgazmasiga qoldirilgani aytildi.

Endi esa Janubiy Koreya nashrlari bu borada yangi ma’lumot tarqatishmoqda. Ularga ko‘ra, Samsung Galaxy Watch «aqlli» soati 9 avgustda rasman namoyish etiladi. Sotuvga esa u 24 avgustda – kompaniyaning yangi flagman smartfoni bilan bir kunda chiqariladi.

Shuningdek, Samsung Galaxy Watch o‘lchamiga ko‘ra ikki xil variantda chiqishini ham aytishmoqda. Tabiiyki, ularning narxida ham farq bo‘ladi.

O‘QING: Eng qimmat Apple Watch ham uddalay olmagan ishga qodir Haier Asu smart-soati taqdim etildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!