«Giperkamerali» Lenovo Z6 Pro taqdim etilyapti: barcha xususiyatlari va «jonli» videosi

  •   DiMaX
  •  1432
  •  22.04.2019 15:51

«Giperkamerali» Lenovo Z6 Pro taqdim etilyapti: barcha xususiyatlari va «jonli» videosi

Lenovo kompaniyasi o‘zining navbatdagi – Z6 Pro flagmanini ertaga, 23 aprelda namoyish etmoqchi. Shu kunga yana Meizu hamda Xiaomi kompaniyalari ham yirik taqdimotlar belgilashgan.

O‘QING: RASMAN: AnTuTu’da barcha flagmanlarni «yer tishlatgan» Meizu 16s taqdimoti ham Xiaomi’ning muhim namoyish kuniga belgilandi

Lenovo Z6 Pro’ning asosiy o‘ziga xosliklaridan biri – «sun’iy ong» tizimi bilan ta’minlangan to‘rt modulli «giperkamera»sidir. Faqat uning modullari aniqligi masalasida ikki xil ma’lumotlar bor: ayrimlar ularning 48+20+16+2 megapiksellik, boshqalar esa 48+16+8+2 megapiksellik optik datchiklar ekanini aytishmoqda. Bunda ularning oxirgi – 2 megapikselligi boke effekti uchun ajratilgan yoki uch o‘lchamli skanerlovchi ToF-kamera bo‘lishi kutilmoqda. Kamera fotochaqnog‘i yonida «HyperVideo» yozuvi mavjud; bu – yangi texnologiyaning marketingdagi nomi bo‘lib, uning mohiyatiga taqdimotda oydinlik kiritiladi.

Tizerda ko‘rib turganingizdek, kompaniya Lenovo Z6 Pro’ning naq 100 megapiksellik aniqlikda surat olishini ta’kidlamoqda. Shuningdek, ushbu flagman kranining tomchisimon «kemtigi»da joylashgan selfi-kamerasi ham kuchli – 32 megapiksellik datchikka ega. Xullasi kalom, ushbu smartfon yetakchi kompaniyalarning kamerofonlariga munosib raqib bo‘lyapti.

O‘QING: DxOMark reytingida Galaxy S10 5G kameralari birinchi o‘rinlarni olib, video bo‘yicha rekord o‘rnatdi!

Kompaniya mazkur flagmanining promo-videosini rasman e’lon qildi, marhamat – tomosha qilamiz:

Lenovo Z6 Pro modeli Snapdragon 855 protsessoriga, eng ilg‘or versiyada 12 gigabaytlik tezkor va 512 gigabaytlik doimiy xotiraga ega. Diagonaliga 6,4 dyuymlik ekranga, 4000 mA/soatlik akkumulyatorga ega bu smartfon ZUI 11 interfeysi ostidagi Android 9 operatsion tizimi bilan chiqariladi.

O‘QING: AnTuTu’da mutlaq rekord: Lenovo Z5 Pro GT va’da qilinganidan ham oshiq natija ko‘rsatdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!