Google smartfonlarni "chiqindi"dan tozalaydigan bepul ilovani e’lon qildi

Google smartfonlarni

Google kompaniyasi Android-smartfon foydalanuvchilari uchun Files Go nomli ilovani ishga tushirdi. Bu ilova smartfondagi fayllar menejeri va smartfon xotirasini tozalash xizmatining vazifalarini birlashtiradi. Ilova gadjetdagi keraksiz fayllarni tozalab tashlaydi.

Files Go ilovasi foydalanuvchilarga qanday qilib smartfon xotirasidagi joy egallab yotgan ma’lumotlarni o‘chirib tashlash, xotirani bo‘shatish mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot beradi. Misol uchun, u joy egallab yotgan, biroq foydalanilmayotgan ilovalarni, bir xil va katta fayllarni ko‘sratib turadi. Shu bilan birga, keshlash xizmatlarini ham taklif qiladi.

Qolaversa, Files Go ilovasidagi maxsus fayl menejeri ma’lumotlarni bir necha toifalarga bo‘ladi: ilovalar, surat, video, audio, hujjatlar, shuningdek yuklab olingan fayllar. Yana bir o‘ziga xos funksiya sifatida joy egallab yotgan faylni Bluetooth orqali boshqa gadjetga "tashlab qo‘yish"ni aytish mumkin.

Files Go mobil aloqa xizmatlarining narxi yuqori bo‘lgan va asosan xotira sig‘imi cheklangan smartfondan ko‘p foydalaniladigan rivojlanayotgan davlatlar aholisi uchun mo‘ljallangan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!