Google taqiqlasa-da, Huawei baribir Android Q asosidagi EMUI 10’ni sinovdan o‘tkazmoqda! (+«jonli» video)

  •   DiMaX
  •  1062
  •  15.06.2019 17:54

Google taqiqlasa-da, Huawei baribir Android Q asosidagi EMUI 10’ni sinovdan o‘tkazmoqda! (+«jonli» video)

AQSh sanksiyalari sababli Google xitoylik texnogigant bilan hamkorlikni to‘xtatdi – Huawei smartfonlari Android tizimidan mahrum etilyapti. Lekin u o‘zining HongMeng operatsion tizimini tayyorlayapti, hatto allaqachon shu tizimli qurilmalaridan millionta sotishga ham ulgurgan!

O‘QING: Android’dan 60 foizga tezkor HongMeng tizimini Xiaomi, Oppo va Vivo smartfonlarida ham sinab ko‘rishyapti!

Ma’lum bo‘lishicha, qidiruv giganti taqiqlaganiga qaramasdan, Huawei uning Android Q operatsion tizimi bazasida EMUI 10 grafik qobig‘ini tayyorlabdi. Buning ustiga, ushbu dasturiy ta’minot jamlanmasida Google servislari ham to‘lig‘icha mavjud.

XDA Developers resursida Huawei P30 Pro (sotib olish) flagmanida ishlayotgan ayni shu EMUI 10 skrinshotlari e’lon qilindi.

Tashqi ko‘rinishidan, interfeys unchalik o‘zgarmagan – grafik qobiq logotipi va boshqalarda sal farqlar bor. Lekin Huawei asosiy e’tiborni samaradorlikka qaratgan: EMUI 10’ni sinovdan o‘tkazayotganlarning aytishlaricha, uning tezkorligi bir necha baravarga oshgan.

EMUI 10’dan olingan skrinshotlar juda ko‘p, barchasini tomosha qilishni xohlovchilar mana bu havola orqali o‘tishlari mumkin.

O‘QING: Huawei bo‘sh kelmaydi – bir necha oydan so‘ng u Samsung’ni taxtdan ag‘darmoqchi!

EMUI 10 grafik qobig‘i kuzda, Mate 30 flagmanlari bilan birga taqdim etilishi mumkin. Lekin bu qurilmalar allaqachon Huawei’ning o‘z operatsion tizimi – HongMeng (jahon bozoriga mo‘ljallanganlarida – Oak OS yoki Ark OS) o‘rnatilgan holda chiqarilishi ehtimoli ham mavjud.

EMUI 10 o‘rnatilgan Huawei P30 Pro flagmanining ishlashini esa quyidagi «jonli» videoda tomosha qilamiz:

Android operatsion tizimli, muammosiz yangilanuvchi Huawei smartfonlarining aksariyatini esa 1 059 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish imkoni mavjud.

O‘QING: Huawei smartfonlarida reklama paydo bo‘ldi – qutulish yo‘lini o‘rganib oling!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.