Hali chiqmagan Redmi K40’ning ikkita rekordchi jihati

  •   DiMaX
  •  1123
  •  22.01.2021 13:46

Hali chiqmagan Redmi K40’ning ikkita rekordchi jihati

Xiaomi korporatsiyasi arzonchi brendining Redmi K40 flagmanini tayyorlagan, lekin taqdimotiga shoshilmayapti. Redmi brendi rahbari uni ishlatib ham yuribdi smartfon 10,5 soat ishlaganida ham akkumulyatorida 64% qolgan quvvat ekan.

O‘QING: Redmi K40 chiqishi arafasida kompaniyaning to‘rtta bestselleri arzonlashdi

Avvalroq Xiaomi hamda Redmi vakillari rasman ma’lum qilishlaricha, Redmi K40 bozordagi eng qimmat tekis OLED-ekranga ega. Digital Chat Station nikli insayder esa bu displey 120 gerslik kadr yangilanish chastotasiga ega ekanini aytmoqda.

Ayni shu tarmoq informatorining o‘zi Redmi K40 hamda  Redmi K40 Pro smartfonlarining yana bir rekordchi jihatini e’lon qildi. Unga ko‘ra, ushbu modellarda ekrandagi o‘yiqqa joylangan old kamera dunyodagi barcha smartfonlar orasida eng kichigi bo‘ladi. Digital Chat Station bu modul uchun displeyda ochilgan tirqishning diametri atigi 2,8 millimetrlik ekanini aytmoqda.

Rekordchi xususiyatlaridan tashqari, Redmi K40 flagmanlari eng zamonaviy – tegishlicha LPDDR5 hamda UFS 3.1 toifali tezkor va doimiy xotira chiplari bilan ta’minlanmoqda. Ushbu turkumga kirgan turli modellarda MediaTek Dimensity 1200, Snapdragon 888 va, ehtimol, kuni kecha namoyish etilgan Snapdragon 870 protsessori qo‘llanishi mumkin.

O‘QING: «Tajovuzkor» narxli Redmi Note 10 hamda Note 10 Pro: taqdimot kuni, ranglari va texnik xususiyatlari

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!