Haliyam iOS 13 kelmayotgan bo‘lsa, ayfonni «majburan» yangilaymiz

  •   DiMaX
  •  931
  •  21.09.2019 10:47

Haliyam iOS 13 kelmayotgan bo‘lsa, ayfonni «majburan» yangilaymiz

Apple kuni kecha o‘zbekcha klaviaturali iOS 13 operatsion tizimini taqdim etdi; undagi o‘zgarishlar va yangilanuvchi iPhone’lar ro‘yxatlari mana bu xabarimizda ko‘rsatilgan. Lekin ayrim ayfon egalari mazkur apdeyt hanuz yetib kelmayotganini aytishmoqda.

O‘QING: iPhone 11 Pro’da suratga olingan ilk film Tim Kukni ham hayratga soldi! (+video)

Ba’zi foydalanuvchilarda esa iPhone hali yangilanishni tekshirish jarayonidayoq qotib qolmoqda. Bu kabi muammolarni hal etish yo‘llarini ko‘rib chiqamiz.

  1. Tekshirib ko‘rganingizda, server «yangilanish mavjud emas»ligini aytayotgan bo‘lsa, buning oddiy yechimi – sal vaqt kutib turing va apdeyt mavjudligini yana bir tekshirib ko‘ring. Dastlabki ikki sutka mobaynida iOS 13’gacha yangilanishni istovchi millionlab yuzerlar mavjudligi sababli, Apple serverlari bu yuklamani ko‘tara olmaydi. Shu boisdan ayrim hududlardagi foydalanuvchilarga apdeyt hali yo‘qligini ko‘rsatadi, ba’zi hollarda esa yangilanishda muammolar yuzaga keladi. Shuning uchun bir-ikki kundan so‘ng yangilagan yaxshiroq.
  2. Agarda tekshirishda «Zaprosheno obnovleniye» yoki «Sboy proverki nalichiya obnovleniya» oynachasi 15-20 daqiqadan oshiq qotib tursa, smartfoningizni o‘chirib-yoqing. Shundan so‘ng yana sozlamalarga kirib, qaytadan yangilashga urinib ko‘ring – bu gal xato chiqmasa kerak.
  3. Bordiyu oddiy usul bilan o‘chirib-yoqishga uringaningizda iPhone o‘chmasdan qotib turaversa, u holda tizimni to‘liq restart qilishga to‘g‘ri keladi. Buni amalga oshirish usulini esa mana bu yo‘riqnomada batafsil ko‘rsatganmiz:

O‘QING: iPhone qotib qolsa, uni majburan o‘chirib-yoqishni bilasizmi?

  1. Nihoyat, bu usul ham ish bermasa, siz esa iOS 13 tizimini tezroq sinab ko‘rishga shoshayotgan bo‘lsangiz, smartfoningizni iTunes orqali yangilashingiz mumkin. Buning uchun iPhone’ingizni kompyuterga ulaysiz va iTunes/Finder dasturini ochib, «Obzor» varaqasidagi «Obnovit» tugmachasini bosasiz.
  2. Apdeytni «noldan boshlab» o‘rnatish ham mumkin, buning uchun oldin mana bu yerdan o‘z ayfoningiz uchun iOS 13 proshivka obrazini kompyuterga ko‘chirib olasiz. Keyin esa iTunes/Finder orqali yangilayotganda «Option» (yoki «Shift») tugmachasini bosib turib, o‘sha ko‘chirib olingan proshivkani ko‘rsatasiz.

Oldin xabar berganimizdek, 24 sentyabrda Apple mazkur tizimning ilk yirik apdeyti – iOS 13.1 versiyasini tarqatadi, biryo‘la o‘shanda yangilab olganingiz ham ma’qul.

O‘QING: iPhone yoki iPad keshi va xotirasini tozalaymiz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!