Hamyonbop Galaxy A20e, Galaxy A40 va Galaxy A90 taqdimoti yaqin – ular allaqachon Samsung saytiga chiqdi!

  •   DiMaX
  •  5282
  •  09.03.2019 10:39

Hamyonbop Galaxy A20e, Galaxy A40 va Galaxy A90 taqdimoti yaqin – ular allaqachon Samsung saytiga chiqdi!

Samsung kompaniyasi yaqindagina Galaxy S10 turkumidagi flagmanlarini taqdim etgandi. Endi esa koreyalik texnogigant asosiy e’tiborni o‘rta narxli va hamyonbop smartfonlari turkumiga qaratgan.

O‘QING: Daktiloskopli ekranga ega Galaxy A60 ham fosh bo‘ldi: flagman sifatli «o‘rtancha botir»!

Jumladan, kompaniyaning inglizcha rasmiy saytida Galaxy A20e, Galaxy A40 hamda Galaxy A90 modellari haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Bu esa ularning yaqin orada namoyish etilishidan darak beradi. Bulardan birinchisi ushbu ro‘yxatdagi eng arzon smartfon bo‘lishi aniq.

E’tiborli tomoni shundaki, ushbu model haqida ilk bor xabar topmoqdamiz – aftidan, bu hali rasman taqdim etilmagan Galaxy A20 modelining biroz yaxshilangan versiyasidir.

O‘QING: Hamyonbop Galaxy A50, Galaxy A30 va Galaxy A20 smartfonlari ilk «jonli» suratlarda!

Galaxy A40 smartfoni esa, yaqindagina taqdim etilgan Galaxy A50 kabi Infinity-U turidagi 6.4 dyuymlik Super AMOLED-displey bilan jihozlanadi.

Exynos 7885 protsessorli mazkur smartfonning texnik xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilganmiz.

O‘QING: Galaxy A40 kutilganidan arzonroq chiqyapti, xususiyatlari bilan tanishing

Galaxy A90 esa ushbu seriyaning eng ilg‘or vakili bo‘lib, xabarlarga ko‘ra, katta Super AMOLED-displey bilan jihozlanadi.

Samsung ushbu modelida yana bir innovatsiyaga qo‘l urmoqda: Galaxy A90 modeli bittagina kameraga ega! Lekin u korpus ichidan chiquvchi va aylanuvchi mexanizmga o‘rnatilgan. Ya’ni, korpusning yuqori qirrasidan chiquvchi ushbu yakka kamera, zaruratga qarab, selfi olishi yoki orqa tomonga o‘girilib, asosiy kamera vazifasini bajarishi mumkin!

O‘QING: Galaxy S10+ avtonomlikda iPhone XS Max’ga yengildi, lekin ikkalasini ham boshqa xitoylikning bulturgi flagmani «yer tishlatdi»!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!