Hamyonbop Galaxy M30 ham Geekbench’da «qo‘lga tushdi»: Exynos 7885 chipli va Android 8.1 Oreo tizimli!

  •   DiMaX
  •  1873
  •  25.12.2018 09:55

Hamyonbop Galaxy M30 ham Geekbench’da «qo‘lga tushdi»: Exynos 7885 chipli va Android 8.1 Oreo tizimli!

Samsung kelasi yili bir qator flagmanlar bilan birga, yangi – Galaxy M turkumida arzon smartfonlar ham taqdim etadi. Ulardan Galaxy M10 hamda Galaxy M20 haqida birmuncha ma’lumotlar berganmiz.

O‘QING: Galaxy M20 arzon smartfonlar orasida eng sig‘imdor akkumulyatorga ega bo‘lyapti! (+«jonli» rasm)

Endi esa ularning «aka»si – Galaxy M30 modeli Geekbench servisida tekshirib ko‘rilganida u haqdagi ayrim ma’lumotlar fosh bo‘ldi. Mazkur benchmarkda u SM-M305F model raqami bilan testdan o‘tgan.

Geekbench bazasida saqlanib qolgan ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy M30 ham xuddi M20 modeli singari Exynos 7885 protsessori bilan ta’minlangan. U ham Android operatsion tizimining 8.1 – Oreo talqini boshqaruvi ostida ishlaydi. Tekshirib ko‘rilgan smartfonning tezkor xotirasi 4 gigabaytlik, lekin uning boshqa konfiguratsiyalari ham bo‘lishi kutilmoqda. Gap-so‘zlarga qaraganda, Galaxy M30 doimiy xotirasi ham 64 va 128 gigabaytlik talqinlarda bo‘ladi.

O‘QING: ILK BOR: Galaxy S10 Lite hamda Galaxy S10+ benchmarkda «ko‘rindi»!

Galaxy M30 smartfoni benchmarkda yakka yadroli testda 1327 ball, ko‘p yadroli sinovda esa 4197 ball to‘plagan. Bu esa Galaxy M20 ko‘rsatkichlaridan sal yuqoriroq.

Janubiy koreyalik korporatsiya o‘zining Galaxy M10, M20 va M30 smartfonlari uchligini 2019 yil boshida taqdim etmoqchi. Hozirgacha bozorga chiqarilgan ayrim Samsung smartfonlarini esa allaqachon Terashop.uz internet-do‘konimizdan 861 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda onlayn usulda sotib olish mumkin.

O‘QING: «To‘rtko‘z» Galaxy A9 ham Terashop.uz’ga yetib keldi, Samsung smartfonlarining arzonlashgan narxlari (2018 yil 10 dekabr) – O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!