HarmonyOS kutilmaganda Android’dan tezkor va tejamkor chiqib qoldi! (+«jonli» video)

  •   DiMaX
  •  1326
  •  04.05.2021 15:54

HarmonyOS kutilmaganda Android’dan tezkor va tejamkor chiqib qoldi! (+«jonli» video)

Biz avvalroq HarmonyOS 2.0 proshivkasini oluvchi Huawei hamda Honorsmartfonlari, planshet va smart-soatlari ro‘yxatini e’lon qilgan edik. Xitoyliktexnogigant o‘tgan yilning 16 dekabr kuni ushbu tizimni ayrim smartfonlari uchuntaqdim etgan va uning birinchi «jonli» videosini e’lon qilganmiz. Bulardan tashqari...

O‘QING: HarmonyOS 2.0 tizimiga tayyor 19 xil Huawei gadjetlarining rasmiy ro‘yxati

Digital Chat Station nikli insayder yaqinda HarmonyOS 2.0 operatsion tizimi o‘rnatilgan Huawei Mate X2 smartfonini ishlatib, tekshirib ko‘rdi. Uning tezkorligi Android operatsion tizimi ustiga qurilgan EMUI 11 grafik qobig‘i boshqaruvi ostidagi xuddi shu rusumli buklamafondan yuqori ekanligi aniqlandi.

Insayderning ta’kidlashicha, mahalliy operatsion tizimga o‘tgach, Huawei Mate X2 ishlashining umumiy silliqligi oshgan. Shu bilan birga, buklamafonning akkumulyator quvvatini sarflashi ham kamaygan.

Digital Chat Station ilovalarning ochilishi va ochiq dasturlar orasida biridan boshqasiga o‘tish tezligi borasida HarmonyOS 2.0 ham, Android ham bir xil ekanligini aytgan. U yana kelajakja Huawei tizimiga moslashtirilgan ilovalar ko‘payishini ham ta’kidlagan.

O‘QING: Huawei Mate X2'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Quyidagi videolavhada Huawei’ning o‘z operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlayotgan Mate X2 interfeysini ko‘rish mumkin:

Huawei kompaniyasining o‘zi HarmonyOS tizimini Android o‘rnini bosuvchi platforma, deb hisoblamaydi. Uning ta’rificha, bu – butun internet davri operatsion tizimidir.

O‘QING: Huawei kutilmaganda Mate 40 Pro flagmani va Mate X2 buklamafonini arzon versiyalarda chiqardi!