HarmonyOS tizimli ilk qurilmani Huawei’dan ham oldin boshqasi chiqaryapti!

  •   DiMaX
  •  461
  •  28.05.2021 12:48

HarmonyOS tizimli ilk qurilmani Huawei’dan ham oldin boshqasi chiqaryapti!

Xitoylik texnogigant o‘zining yangi HarmonyOS operatsion tizimini 2 iyun kuni taqdim etishi, kamida yana ikkita kompaniya Android tizimidan kechib, o‘z smartfonlariga uni o‘rnatishini yozgan edik. Huawei kompaniyasi mazkur dasturiy ta’minotining namoyish sanasini kuni kecha rasmiy tizerda e’lon qilgan.

O‘QING: HarmonyOS foydalanuvchilar uchun muhim ikkita jihatda Android’dan ustun ekan!

Ushbu operatsion tizimni o‘z devayslariga joriy etuvchi kompaniyalardan biri Meizu bo‘lishi haqida xabarlar tarqalgan. Shuningdek, mazkur ishlab chiqaruvchi Meizu Watch rusumli ilk smart-soatini tayyorlagan va uni 31 mayda taqdim etishini aytib allaqachon tizerlar tarqatyapti.

Ushbu aqlli soat tashqi ko‘rinishi Apple Watch kabi ekanini payqagandirsiz. Insayderlarga ko‘ra, unda 12 nanometrlik Qualcomm Snapdragon Wear 4100 protsessori hamda Flyme for Watch grafik qobig‘i qo‘llanmoqda.

O‘QING: TOP-5: Dunyo bozorida qaysi aqlli soatlar eng ko‘p sotilyapti? (2021 yil 1-chorak)

Meizu Watch smartvotchining Weibo tarmog‘ida e’lon qilingan navbatdagi tizerida «Hello, HongMeng» yozuvi ham aks ettirilgan. Eslatib o‘tamiz: «HongMeng» – bu Harmony OS tizimining xitoycha nomidir. Demak, 31 may kuni namoyish qilinadigan Meizu Watch qadoqdanoq shu tizim bilan ta’minlangan.

Boshqa jihatlariga keladigan bo‘lsak, Meizu Watch smartvotchi eSIM texnologiyasi, pulsometr, qonning kislorodga to‘yinganligini aniqlovchi datchik hamda NFC-modulga ega. Uning akkumulyatori 400-500 mA/soatlik bo‘lib, tezkor zaryadlana biladi va 15 daqiqada olgan quvvati bilan bir kun ishlashga qodir bo‘ladi.

O‘QING: Xitoyning bu flagmanlari iPhone egalarini Android’ga o‘tishga majbur qilyapti!