Hokimlik sayti tiklandi, AKT bo‘limi xodimi kaltaklanmadi. Xakerlarni qanday jazo kutmoqda?

  •   DiMaX
  •  1273
  •  07.01.2021 12:35

Hokimlik sayti tiklandi, AKT bo‘limi xodimi kaltaklanmadi. Xakerlarni qanday jazo kutmoqda?

2021 yilning 6 yanvar kuni Surxondaryo viloyati, shahar va tumanlar hokimliklarining rasmiy saytlari xakerlar hujumiga uchragan edi. Hozirda mazkur holat viloyat hokimligi huzuridagi «Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi» DUK xodimlari tomonidan bartaraf etilib, Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy veb-saytining ishlashi ta’minlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Axborot xizmati xabarigaa tayanib Darakchi naashri yozmoqda.

O‘QING: Xakerning onasi turmaga kirib, barcha kompyuterlarning himoyasini buzib chiqdi!

Eslatib o‘tamiz, xakerlar saytda qoldirgan xabarda ular butun viloyat hokimligi tizimiga kirganini, viloyat hokimi «yaxshi mutaxassislarga e’tibor qaratmasa», uning yopiq qaror va farmoyishlari tarqatib yuborilishi aytilgan. Xakerlar tomonidan xokimlikning AKT bo‘limida ishlaydigan xodimning kaltaklangani va ishdan olingani aytilgan edi, unga javoban hokimlik ushbu iddaolarning barchasini rad etgan.

Hozirda shahar va tumanlar hokimliklari veb-saytlari ishchi holatini ta’minlash ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, viloyat hokimligi va uning quyi tuzimlari rasmiy veb-saytlarini takomillashtirish va xavfsizlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha choralar belgilandi.

Mazkur veb-saytlarga uyushtirilgan hujum bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘QING: Xakerlar koronavirusdan foydalanib kompyuterlarga hujum qila boshlashdi!

Ma’lumot o‘rnida, jinoyat kodeksining bir qator moddalarida kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etiladigan jinoyatlar va ularga nisbatan javobgarlik ko‘zda tutilgan.

Jumladan, kodeksning 278⁵-moddasiga ko‘ra, o‘zganing kompyuter uskunasini yoki xizmatda foydalaniladigan kompyuter uskunasini qasddan ishdan chiqarish, xuddi, shuningdek, kompyuter tizimini buzish (kompyuter sabotaji):

  • 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima;
  • 2 yilgacha ozodlikni cheklash;
  • 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu harakatlar bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, shuningdek, takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa:

  • 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
  • 2 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
  • 2 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi, deyilgan rasmiy xabarda.

O‘QING: «O‘zavtosanoat» saytiga xakerlar hujum qilishdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!