Honor Magic 2 «jonli» video suratlarda: xuddi Huawei P20 Pro kabi, faqat slayderli flagman!

  •   DiMaX
  •  759
  •  22.10.2018 11:37

Honor Magic 2 «jonli» video suratlarda: xuddi Huawei P20 Pro kabi, faqat slayderli flagman!

Huawei kompaniyasi Honor yurendi ostida Magic 2 rusumli slayder smartfonini tayyorlaganidan xabaringiz bor. Shuningdek, xitoylik texnogigant elektromobil ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasi bilan birgalikda mazkur flagmanning maxsus versiyasini ham taqdim etadi.

O‘QING: Yangi Honor flagmani Tesla bilan hamkorlikda chiqmoqda

Shu kungacha Honor Magic 2 haqida ma’lumotlar kam edi, endi birdaniga uning «jonli» rasmlari ham, videosi ham internetga chiqdi. Mana, quyidagi lavhada slayderning ishlash mexanizmini tomosha qilamiz:

Afsuski, bu videolavhada qurilmaning ko‘p jihatlarini payqash imkoni yo‘q. Ammo mana bu «jonli» suratlarda Honor Magic 2 orqa panelini bemalol ko‘ramiz – uning uch modulli bosh kamerasi xuddi Huawei P20 Pro flagmanidagi kabi joylashgan:

Mazkur flagman displeyda joylashgan barmoq izi skaneriga, «sun’iy ong» funksiyali ilg‘or HiSilicon Kirin 980 protsessoriga, uch modulli kameraga va 40 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega.

O‘QING: Huawei bayonot beradi: uning Kirin 980 chipi Apple A12 Bionic chipidan kuchli

Honor Magic 2 modelining korpusi ranglari ham Huawei’ning so‘nggi flagmanlaridagi singari gradiyentli tusda bo‘ladi. Suratda uning gradiyentli qora va ko‘k korpusga ega namunalari ko‘rsatilgan.

Ushbu smartfon taqdimoti 31 oktyabrga belgilangan bo‘lib, o‘sha kuni mazkur brendning yana bir «aqlli» gadjeti ham namoyish etiladi.

O‘QING: Honor flagman smartfoni bilan birga «aqlli» soat ham tayyorlabdi!

Darvoqe, Huawei’ning ayrim rusumlardagi smartfonlarini, shuningdek, ayrim ishlab chiqaruvchilarning turli rusumlardagi «aqlli» soatlari va smart-bilaguzuklarini bizning Terashop.uz internet-do‘konimizda onlayn tarzda xarid qilish imkoni mavjud.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!