Honor V20 – eng kuchli Android-protsessorli eng arzon smartfon!

  •   DiMaX
  •  2298
  •  06.11.2018 12:36

Honor V20 – eng kuchli Android-protsessorli eng arzon smartfon!

Huawei kompaniyasi joriy yilning oktyabrida Mate 20 smartfonlar turkumini rasman namoyish etdi. Ular bilan xitoylik smartfonsozning 7 nanometrlik texnologik jarayon asosida tayyorlangan Kirin 980 protsessori bozorga rasman chiqarildi.

O‘QING: Huawei bayonot beradi: uning Kirin 980 chipi Apple A12 Bionic chipidan kuchli

Keyinchalik ushbu chip kompaniyaning romsiz slayderi – Honor Magic 2 flagmanida ham qo‘llandi. GizChina nashri berayotgan ma’lumotga ko‘ra, xitoylik gigant ayni damda tayyorlayotgan Honor V20 smartfoni ham Kirin 980 protsessoriga ega bo‘ladi.

Honor V20 modeli haqidagi ma’lumot Xitoyning 3C sertifikatlashtirish xizmati ma’lumotlar bazasida topilgan. Avvalroq ushbu qurilma mamlakatning Sanoat va axborot texnologiyalari vazirligida sertifikatdan o‘tgan edi. Mazkur idoralar hujjatlarida u VCE-AL00 hamda VCE-TL00 kodli nomlari bilan qayd etilgan.

Honor V20 modelining dizayni xususida hozircha ma’lumot yo‘q, ammo tahlilchilar bu borada ikkita taxminni bildirishmoqda. Ya’ni, uning displeyi yo tepa qismida tomchisimon kemtikli bo‘ladi, yoki korpusning old yuzasini to‘liq egallaydi.

O‘QING: Meizu Pro 8 flagmani Huawei’ning eng ilg‘or protsessoriga ega bo‘lishi mumkin

Shuningdek, ushbu smartfon 6 yoki 8 gigabaytlik tezkor xotiraga hamda 18 vattlik quvvatlash tizimiga ham ega bo‘lishi kutilmoqda. Bu ma’lumotlarning barchasi uning o‘tgan yilgi «ajdod»i – Honor V10 modelidan kelib chiqib aytilayotir. Masalan, bulturgi smartfonda 500 dollar atrofidagi narx evaziga 6/128 gigabaytlik xotira hamda diagonaliga 5,99 dyuymlik FHD+ displey taklif etiladi.

Shulardan kelib chiqib, Honor V20 modeli ayni damgacha bozorga rasman taqdim etilgan eng kuchli Android-protsessor – Kirin 980 bazasidagi eng hamyonbop smartfon bo‘lishi kutilmoqda. Uning taqdimot sanasi xususida hozircha ma’lumot yo‘q, lekin yaqin orada chiqib qolsa kerak. Ungacha esa turli rusumlardagi Huawei smartfonlarini Terashop.uz internet-do‘konimizdan onlayn usulda xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Xiaomi provokatsiyasiga Huawei javobi: «Bizdan faqat o‘zimizgina o‘zib keta olamiz!»

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.