Huawei allaqachon Android kushandasi – HongMeng tizimli millionta smartfon sotib ulgurgan!

  •   DiMaX
  •  1446
  •  11.06.2019 17:05

Huawei allaqachon Android kushandasi – HongMeng tizimli millionta smartfon sotib ulgurgan!

AQSh sanksiyalari sababli ko‘plab kompaniyalar xitoylik texnogigant bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Garchi smartfonlari Android tizimidan, o‘zining Kirin protsessorlaridan, xotira chiplaridan ajraladigan bo‘lib turgan esa-da, Huawei bu muammolarni avvaldan payqagan va choralarini ko‘rib qo‘ygan.

O‘QING: Android raqibi – Ark OS (yoki HongMeng) tizimli Huawei Mate 30 flagmanlari 22 sentyabrdayoq chiqadi!

Rosenblatt Securities tahlil firmasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Huawei kompaniyasi HongMeng operatsion tizimi o‘rnatilgan milliontacha smartfonini allaqachon Xitoyda sotishga ulgurgan. Bu – xitoylik texnogigantning o‘zi ishlab chiqqan operatsion tizim bo‘lib, unda Android uchun ishlab chiqilgan ilova hamda o‘yinlar ham ishlayveradi.

Xabarga ko‘ra, mazkur operatsion tizim platformasi Xitoyda 2019 yilning oxirigacha foydalanuvchilarga to‘liq topshiriladi. Tizimning xalqaro versiyasi esa 2020 yilning o‘rtalarida tayyor bo‘ladi.

Huawei kompaniyasi HongMeng savdo belgisini Xitoy, Kanada, Janubiy Koreya, Meksika hamda Yevroittifoqda patentlashtirgan. Xitoychadan o‘girganda bu so‘z «alvon orzu», «qizil orzu» ma’nosini beradi.

Kompaniya ushbu operatsion tizimni xalqaro bozorga boshqa nom ostida taqdim etishi ham mumkin. Ehtimoliy nomlar orasida Ark OS hamda Oak OS variantlari mavjud.

O‘QING: Huawei smartfonlariga o‘rnatiluvchi Hongmeng (yoki Ark OS) operatsion tizimining ilk skrinshotlari!