Huawei’ning keyingi flagmani – P30 Pro kamerofonining suratlari va texnik jihatlari bilan tanishamiz!

  •   DiMaX
  •  2523
  •  12.11.2018 14:27

Huawei’ning keyingi flagmani – P30 Pro kamerofonining suratlari va texnik jihatlari bilan tanishamiz!

Hozirda butun dunyoda eng zo‘r kamerofon Huawei Mate 20 Pro hisoblanadi. Uning kamerasi shu qadar kuchliki, Huawei hatto uning DXoMark testidagi natijasini ham toki munosib raqib chiqqunicha sir saqlamoqda.

O‘QING: Huawei eng yangi - Mate 20 va Mate 20 Pro smartfonlari taqdimotini o‘tkazdi

Umuman olganda, xitoylik texnogigant bu borada shoshmasayam bo‘ladi; zero, shundog‘am DXoMark reytingida o‘zining boshqa modeli – Huawei P20 Pro yetakchilik qmlib turibdi.

2019 yilning bahorida esa navbatdagi – Huawei P30 Pro smartfoni chiqadi va u Mate 20 Pro modelidan ham ustun bo‘lishi aniq. Mazkur yangi flagman haqida tarqalgan xabarlar asosida dizaynerlar uning konseptlarini yaratishgan.

Huawei P30 Pro ekranida «kemtik» saqlanadi – unda selfi-kamera va kerakli datchiklar joylanadi. Old kamera foydalanuvchini yuzidan tanib qulfdan chiqarish funksiyasiga ega.

O‘QING: QIZIQ: allaqachon Mate 20 Pro’da ishkal chiqdi, lekin bunga Huawei emas, balki LG aybdor!

Diagonaliga 6,5 dyuymlik displey korpus old yuzasining 91 foizdan oshiqroq qismini egallaydi. Daktiloskopik datchik ham unga integratsiya qilinadi.

Leica mutaxassislari ishtirokida yaratilgan bosh kamera esa uchta – 41, 12 va 21 megapiksellik modullarga ega. Kamera har qanday sharoitlarda ham boshqa kamerofonlardan yuqori natijalar ko‘rsatishga qodir. Optik barqarorlashtirish tizimiga, fazali avtofokusga hamda naq 8 karralik optik zumga ega. Tag‘in u soniyasiga 960 kadr tezligida videoroliklar yoza oladi.

Huawei P30 Pro yakka kristalli Kirin 980 protsessori bazasida ishlaydi. Uning akkumulyatori 4500 mA/soatlik bo‘lib, tezkor va simsiz quvvatlash texnologiyalariga ega. Bundan tashqari, bu smartfonning o‘zi boshqa qurilmalarni quvvatlovchi poverbank vazifasini ham o‘taydi. Bu funksiya kompaniyaning boshqa flagmanida ham allaqachon mavjud.

O‘QING: Dunyoda birinchi: Huawei Mate 20 smartfonni simsiz quvvatlaydi

Aytish kerakki, xitoylik texnogigantning bir necha rusumlardagi smartfonlarini Terashop.uz internet-do‘konimizdan onlayn usulda xarid qilish imkoni mavjud.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!