Huawei rahbari aeroportda Mate X bilan «qo‘lga tushdi»!

  •   DiMaX
  •  1579
  •  26.07.2019 12:27

Huawei rahbari aeroportda Mate X bilan «qo‘lga tushdi»!

Samsung o‘zining Galaxy Fold buklama smartfonini sentyabrda qayta sotuvga qo‘yishini kuni kechagina rasman e’lon qilgan edi. Mazkur inqilobiy qurilmaning xitoylik raqibi ham ayni shu pallada bozorlarga chiqadi.

O‘QING: Huawei beshta modeldagi flagmanlari, jumladan – Mate X hamda Mate 30 5G sotuvga chiqish vaqtini rasman aytdi

Gizchina nashrining yozishicha, kuni kecha Huawei ijrochi direktori aeroportda qo‘lida Mate X bilan ko‘rinish bergan. Aftidan, ushbu qurilma allaqachon kundalik foydalanishga tayyor bo‘lgan.

Richard Yu mazkur smartfonni ishlatayotgan ekan va uni suratga olishlariga ham ruxsat bergan. Keyin uning «jonli» rasmlarini Weibo tarmog‘ida tarqatishgan:

Aytish kerakki, Huawei dastlab Mate X modelini yozda sotuvga qo‘yishni rejalashtirgan edi. Biroq asosiy raqibi – Galaxy Fold modelida Samsung duch kelgan muammolardan xulosa qildimi, xitoylik texnogigant o‘z buklama smartfonini yanada yaxshilab, sentyabrda bozorga chiqaradigan bo‘ldi.

Hozirgacha global bozorga chiqarilgan ayrim Huawei smartfonlarini esa 1 059 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish imkoni mavjud.

O‘QING: Rasman: Huawei smartfonlari HongMeng tizimiga o‘tmasdan, Android’da qoladi! Lekin...