«Ikki karra 5G»da ishlovchi Redmi 10X’ni har ikki tomonidan rasman ko‘rsatishdi

  •   DiMaX
  •  1164
  •  21.05.2020 09:34

«Ikki karra 5G»da ishlovchi Redmi 10X’ni har ikki tomonidan rasman ko‘rsatishdi

18 may kuni MediaTek kompaniyasi bir vaqtning o‘zida 5G tarmog‘idagi ikkkita SIM-kartani qo‘llovchi Dimensity 820 protsessorini taqdim etggan. Xiaomi esa ushbu chipset bazasidagi ilk smartfon Redmi 10X 5G modelining taqdimot kuni va ayrim xususiyatlarini oshkor etgan. Bundan tashqari...

O‘QING: 26 mayda taqdim etilayotgan Redmi 10X ilk «jonli» suratlarda!

Endi esa Redmi brendi Redmi 10X smartfonini rasmiy reklama posterlarida har ikki tomonidan namoyish qildi.

Tomchisimon o‘yiqli ekranning uch tomonidagi hoshiyasi yupqa ekaniga guvoh bo‘lamiz, lekin pastki romi ko‘rsatilmagan:

Birinchi bo‘lib Redmi 10X modelida ishlatilayotgan Dimensity 820 chipseti 7 nanometrlik texnologiya asosida ishlab chiqilgan va bir vaqtning o‘zida ikkita SIM-kartada 5G tarmog‘ini qo‘llay oladi.

Shuningdek, kompaniya Redmi 10X modelining AnTuTu benchmarkida 415 ming balldan oshiq natija ko‘rsatganini ham aytmoqda.

O‘QING: AnTuTu yangi reytingda har kimning joyini ko‘rsatib berdi (2020 yil may)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!