Ikkinchi to‘lqinda 13 xil smartfonga global MIUI 12 tarqatila boshladi

  •   DiMaX
  •  2782
  •  27.08.2020 17:51

Ikkinchi to‘lqinda 13 xil smartfonga global MIUI 12 tarqatila boshladi

Biz avvalroq barqaror global MIUI 12 grafik qobig‘i allaqachon tarqatila boshlagan modellarni e’lon qilgan edik. Endi esa yangi talqindagi global proshivka tarqatilishining ikkinchi to‘lqini ham boshlandi.

O‘QING: Xiaomi smartfonlariga Android 11 yangi muammolar olib keldi

MIUI 12 grafik qobig‘iga asoslangan global proshivkalar 25 avgustdan jo‘natila boshlagan, deb yozadi Android Central nashri. Unga ko‘ra, ikkinchi to‘lqinda quyidagi smartfonlar yangilanadi:

  1. Xiaomi Mi Mix 3
  2. Xiaomi Mi 9 SE
  3. Xiaomi Mi 8
  4. Xiaomi Mi 8 Explorer Edition
  5. Xiaomi Mi 8 UD
  6. Xiaomi Mi CC9
  7. Xiaomi Mi CC9 Pro
  8. Xiaomi Mi CC9 Meitu Edition
  9. Redmi Note 7
  10. Redmi Note 7 Pro
  11. Redmi 10X 4G
  12. Redmi 10X 5G
  13. Redmi 10X Pro 5G

Agar mazkur ro‘yxatda siz ishlatayotgan smartfon ham mavjud bo‘lsa, sozlamalarda yangilanishlarni tekshirib turing. Odatdagidek, yangi proshivka hududlar bo‘yicha bosqichma-bosqich tarqatiladi.

Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Redmi o‘ninchi avlod eng arzon smartfonini biryo‘la MIUI 12 bilan chiqardi!