Ilk «jonli» rasmlar Redmi Note 9 turkumidagi arzon 5G-smartfonlarning asosiy jihatlarini fosh etdi!

  •   DiMaX
  •  1981
  •  26.11.2020 09:42

Ilk «jonli» rasmlar Redmi Note 9 turkumidagi arzon 5G-smartfonlarning asosiy jihatlarini fosh etdi!

Xiaomi korporatsiyasining Poco (yoki POCOPHONE) subbrendi kuni kecha quvvati 5 kunga yetuvchi, Poco M3 rusumli nostandart smartfonini namoyish qildi. Lekin «Xitoycha Apple»ning eng kutilayotgan smartfonlarini bugun – 26 noyabrda uning Redmi brendi taqdim etadi.

O‘QING: Redmi Note 9 5G taqdimoti taklifnomasiga haqiqiy qilich ham qo‘shib berishyapti!

Rasmiy taqdimoti arafasida xitoylik insayderlar har ikkala yangi smartfonning qadoqlari aks etgan birinchi «jonli» rasmlarni e’lon qilishdi. Ularga qarab, Xiaomi mazkur modellarining aynan qaysi jihatlariga urg‘u berayotganiga ishonch hosil qilish mumkin.

Quyidagi suratda ko‘rib turganingizdek, Redmi Note 9 Pro 5G flagmanida bosh kameraning 108 megapiksellik asosiy datchigiga hamda beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘iga asosiy e’tibor qaratilgan:

Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, bu – 108 megapiksellik kameraga ega bo‘lgan ilk Redmi smartfonidir. Xiaomi shu paytgacha bunday kamerani faqat o‘zining Mi 10 hamda Mi Note 10 turkumlarida qo‘llagan.

O‘QING: Umuman kutilmagan 5G-smartfon – Redmi Note 9T ham sertifikatsiyadan o‘tdi!

Nisbatan soddaroq va arzonroq bo‘lgan Redmi Note 9 5G modelida bo‘lsa akkumulyatorning 6000 mA/soatlik ekanligiga urg‘u berishgan. Qurilmaning qutisida negadir uning 5G-smartfon ekanligi ta’kidlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, 6000 mA/soatlik batareya ham Redmi brendidagi modellar uchun yangilikdir. Xiaomi bungacha faqat Poco brendidagi ikkita smartfoniga shunday baquvvat akkumulyator o‘rnatgan, xolos.

O‘QING: Note 9 turkumidagi arzon 5G-smartfonlardan tashqari, 26 noyabrda Redmi yana bir devaysini namoyish etadi!