Ilon Mask kiborg-odamlar uchun yangi chipni va kiborgga aylantirilgan cho‘chqani ko‘rsatdi (video)

  •   DiMaX
  •  6603
  •  29.08.2020 17:54

Ilon Mask kiborg-odamlar uchun yangi chipni va kiborgga aylantirilgan cho‘chqani ko‘rsatdi (video)

Neuralink kompaniyasiga 2016 yili Ilon Mask tomonidan asos solingan bo‘lib, u inson miyasi hamda kompyuterni o‘zaro bog‘lab qo‘yish texnologiyasini rivojlantirmoqda. Yaqinda taniqli teleboshlovchi Jo Rogan dasturida qatnashgan biznesmen bu bordagi amaliy natijani shu yiliyoq ko‘rsatishga so‘z bergan edi.

O‘QING: Ilon Mask shu yiliyoq odamlarni kiborgga aylantira boshlaydi! (+video)

29 avgustga o‘tar tunda Neuralink startapi taqdimot marosimini o‘tkazib, unda neyrointerfeys – miyaga ulanuvchi chipning qayta ishlangan yangi versiyasini namoyish etdi.

Yangi chipning tuzilishi bulturgisiga nibatan ancha o‘zgargan: oldingi versiya quloq orqasiga mahkamlanuvchi katta peredatchikka ega bo‘lsa, bunisi tangadek keladi. O‘lchami 23x8 millimetrga teng bo‘lgan bu neyrointerfeys terining ostida, bosh chanog‘i bilan bir sathda joylashadi. Chip miyaga maxsus simchalar yordamida ulanadi, egasiga noqulaylik tug‘dirmaydi va tashqaridan ko‘rinmaydi.

Neyrointerfeysdagi elektrodlar soni ham 3072 tadan 1024 tagacha tushirilgan. Ma’lumot almashish uchun simsiz interfeys qo‘llanadi, uning ta’sirlashish radiusi 5–10 metrni tashkil etadi. Shuningdek, uni smartfondagi maxsus ilova orqali ham boshqarish mumkin bo‘ladi. Chipni har tun magnitli quvvatlagich orqali zaryadlab turish talab etiladi.

Chipni miyaga o‘rnatish – implantatsiya ishi to‘laligicha avtomatlashtirilgan robot-jarroh tomonidan amalga oshiriladi. U bosh chanog‘ini teshib, Link chipini miyaga egiluvchan mayda simlar orqali ulaydi. Mazkur operatsiya atigi bir soat davom etadi va bunda anesteziya (narkoz berish) talab etilmaydi; chip o‘rnatilgan kishi shu kuniyoq uyiga qayta oladi.

O‘QING: Neuralink odamni kiborgga aylantirmoqchi – bu qanchalar xavfli?

Neuralink ushbu namoyishida yangi neyrointerfeysning ishlashini ikkita cho‘chqa misolida ko‘rsatib berdi. Ularga chipni ikki oy avval o‘rnatishgan va keyinroq biridan implantni olib tashlashgan, jonivor butkul sog‘lom holatda.

Quyida Neuralink o‘tkazgan taqdimot marosimini ko‘rishingiz mumkin, faqat uning davomiyligi uzoq ekanini, shunga yarasha ko‘proq trafik talab etilishini yodda tuting:

Kompaniya jonivorlarga samarali implantatsiya qilingan ushbu chipni endi shu yiliyoq odamlarda sinab ko‘rmoqchi. Neuralink bu boradagi birinchi klinik tajribalari falajlangan ko‘ngillilar ishtirokida amalga oshiriladi.

 «Mazkur texnologiya ko‘plab xastaliklarni davolashda yordam berishi mumkin. Masalan, insult asoratlarini bartaraf etish, ya’ni muskullar ustidan nazoratni qayta o‘rnatish mumkin. Neuralink hatto Alsgeymer kasalligida xotirani tiklashga ham yordam beradi», deya ta’kidlaydi Ilon Mask.

O‘QING: Xodimlariga mikrochip o‘rnatayotgan real kompaniya