Ilon Mask uch kunda qariyb 29 milliard dollaridan ayrildi

  •   DiMaX
  •  816
  •  27.02.2021 09:33

Ilon Mask uch kunda qariyb 29 milliard dollaridan ayrildi

SpaceX, Tesla, Neuralink va boshqa bir nechta kompaniyalar asoschisi Ilon Mask shu yilning 7 yanvar kuni sayyoradagi eng badavlat kishiga aylangan edi. 17 fevralga kelib esa «zo‘rdan zo‘r chiqdi» – 2017 yildan beri reyting yetakchisi bo‘lib kelgan tadbirkor yana o‘z o‘rniga chiqib oldi.

O‘QING: Tesla bir yillik elektrokar savdosidan ko‘ra bir oyda bitkoinda ko‘proq daromad oldi!

Keyingi 24 soat ichida tadbirkor o‘z boyligining 13,6 milliard dollaridan judo bo‘ldi, deb yozadi Xabar.uz. Hozirda uning sarmoyasi 176 milliard dollarni tashkil etmoqda. Bunga elektromobillar ishlab chiqaruvchisi aksiyalari narxining sezilarli pasayishi sabab bo‘ldi: uning qiymati 8,06 foizga pasayib, har bir aksiyasi 682,22 dollarga baholanmoqda, deya xabar berdi Bloomberg.

Shu bilan birga, Mask sayyoradagi eng boy odamlar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni saqlab qoldi. Birinchi o‘rindan joy olgan (Mask o‘rnini egallagan) Amazon asoschisi Jeff Bezos ham 5,55 milliard dollar yo‘qotdi — uning boyligi 180 milliard dollarga baholanmoqda.

Shu tariqa, Bezos dunyoning eng boy odamlari reytingida birinchi, Mask esa ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Jahonning eng boylari reytingida kuchli uchlikni Microsoft korporatsiyasi muassisi Bill Geyts yakunlab bermoqda.

Undan avvalroq, 23 fevral kuni Ilon Mask bir kunda 15 milliard dollar yo‘qotgan edi. O‘shanda ham bunga Tesla aksiyalari bahosining pasayishi sabab bo‘lgandi.

O‘QING: Bill Geyts endi Ilon Maskni klonlashni taklif etyapti!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!