Ilovani o‘rnatib 500 MB, undan to‘lab esa ming MBgacha bonuslar oling!

  •   DiMaX
  •  2412
  •  09.06.2021 11:55

Ilovani o‘rnatib 500 MB, undan to‘lab esa ming MBgacha bonuslar oling!

«O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi GSM standarti (Uzmobile uyali aloqa operatori) abonentlari uchun 30 kunlik internet-to‘plamlarga yoqimli o‘zgarishlar joriy etgani haqida xabar bergan edik. Bundan tashqari, UZTELECOM o‘zining INTERNET-NON STOP to‘plamlariga ham shunaqa yoqimli yangilanishlar kiritgan. Shuningdek...

O‘QING: 2 iyulgacha aksiya: megabaytlar va daqiqalarni ikki baravar arzon almashtiring!

Endilikda abonentlar Apelsin mobil ilovasi orqali telekommunikatsiya xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirganlarida, apelsinlar ko‘rinishidagi bonuslariga yanada ko‘proq ega bo‘ladilar. To‘plangan apelsinlarni esa abonent UZTELECOMning GSM standartidagi mobil aloqa abonentlari uchun mo‘ljallangan bonusli internet-to‘plamlarga almashtirishi mumkin.

Bu hali hammasi emas! Endilikda, UZTELECOM abonentlari Apelsin mobil ilovasini yuklab olganlarida 500 MBni o‘z ichiga oluvchi Welcome Bonus 500 paketi 7 kun muddatga taqdim etiladi.

Bu boradagi batafsil ma’lumotlarni mazkur havola yordamida UZTELECOM saytidan olasiz.

Eslatib o‘tamiz, aloqa xizmatlari uchun to‘lovlarni turli to‘lov tizimlari orqali to‘lash bilan bir qatorda, abonentlar uchun kompaniyaning MyUztelecom mobil ilovasida ham to‘lash va bonuslar olish imkoniyati ham mavjud.

O‘QING: Mobil operator 20 iyungacha aksiya e’lon qildi: naq 90 foizlik chegirma!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.